May 18

Family Beyond Fam

Ep1

Tonggi soat 7:00. Katta uy ichida odatdagidek shovqin boshlangandi. Kimdir ishga tayyorlanar, kimdir bolalarni uyg‘otishga urinardi. Oshxonadan esa yangi tayyorlangan nonushta hidi kelardi.
Jin: bolalar tezroq kelinglar, sovib qoladi hozir.
Namjoon qo‘lida telefon bilan ish xabarlarini ko‘rib o‘tirardi. Shu payt Sion yugurib kelib uning quchog‘iga chiqib oldi.
Sion: dada bugun meni siz olib borasizmi?
Rm kulib uning boshini siladi.
Rm: agar tez ovqatlansang olib boraman.
Bu payt yuqori qavatdan yugurib tushayotgan oyoq tovushlari eshitildi. Bu Lev edi. Sochlari tartibsiz, hali ham uyqusirab turardi.
Lev: dadaaa Jungkook dada meni kutmasdan ketib qoldii.
Tae kulib yubordi.
Tae: chunki sen yarim soat uyg‘onmading.
Jungkook esa sport kiyimida suv ichib turardi.
Jk: erkak ertalabki 5 da turishi kerak.
Lev noligancha stulga o‘tirdi.
Lev: men hali erkak emasman…
Hamma kulib yubordi.
Shu payt yuqori qavatdan Yoongining ovozi eshitildi.
Sg: Min Jimin! Yana mening hudimni kiydingmi?!
Jimin oshxonaga kirib kelarkan kulib yubordi. Egnida esa Yoongining qora hudisi bor edi.
Jm: nima qilay juda qulay ekanda.
Yoongi zinadan tushib kelib uning yonida to‘xtadi.
Sg: senga o‘zingnikidan ham ko‘proq meniki yoqadi shekilli.
Jimin indamay kulib yelkalarini qisdi.
Jm: chunki siznikidan sizning hidingiz keladi.
Taehyung “fuu” deb yubordi.
Tae: ertalabdan romantikani boshlamanglar iltimos.
Jungkook kulib yubordi.
Jk: ko‘nik endi. Ular o‘n yildan beri shunaqa.
Bu payt kichkina Daon yugurib kelib Yoongining oyog‘idan quchoqlab oldi.
Daon: dadaaaa bugun meni bog‘chaga siz olib boring.
Sg pastga egilib uni ko‘tarib oldi.
Sg: nega endi Jimin emas?
Daon jiddiy yuz bilan Jimin tomonga qaradi.
Daon: chunki dada mashinada qo‘shiqni baland qo‘yadi. Menga bu yoqmaydi.
Jm: heyyy men yaxshi qo‘shiqlar qo‘yaman.
Daon boshini qimirlatdi.
Daon: yo‘q siz faqat yig‘lab aytiladigan qo‘shiqlar eshitasiz.
Oshxonadagilar kulib yuborishdi. Jimin esa xafa bo‘lgandek labini cho‘chchaytirdi.
Jm: ko‘rdingizmi? O‘z bolam ham meni hurmat qilmaydi.
Yoongi kulib Jiminning belidan tortib o‘ziga yaqinlashtirdi.
Sg: men hurmat qilamanku.
Jimin indamay kulib qo‘ydi.
Daon esa ikkalasiga qarab turardi.
Daon: menimcha sizlar yana romantikani boshlaysizlar…
Lev darrov Daonning yoniga kelib turdi.
Lev: aniq hozir yana o‘pishadi.
Sion ham sokin ovqat yeyayotgancha bosh irg‘adi.
Sion: har kuni shunaqa bo‘ladi-ku.
Jimin darrov uyalib Yoongining qo‘lini belidan oldi.
Jm: bolalar oldidamiz axir
Yoongi esa ataylab Jimin tomonga yaqinlashdi.
Sg: nima qilibman? Erimni quchoqlash ham mumkin emasmi endi?
Taehyung kulib yubordi.
Tae: Yoongi hyung atay qilyapti.
Jungkook esa telefonini olib videoga ola boshladi.
Jk: to‘xta buni internetga joylayman. “O‘n yillik turmushdan keyingi romantika.”
Jimin darrov yuzini yashirdi.
Jm: Jeon Jungkook o‘chir videoni