November 1, 2024
Zoomrad mobil ilovasida kartadan kartaga o‘tkazmalar (Р2Р) amaliyotlari shartlariga 2024 yil 1 noyabrdan o‘zgarishlar kiritiladi.
Bank kartasidagi pul mablag‘lar hamda o‘tkazmalar xavfsizligini taʼminlash maqsadida Zoomrad mobil ilovasida kartadan kartaga o‘tkazmalar (Р2Р) amaliyotlari shartlariga 2024 yil 1 noyabrdan o‘zgarishlar kiritildi.
АT “АloqaBank” kartalari oʼrtasidagi hamda Humo kartalar o‘rtasidagi har qanday o‘tkazmalarni belgilangan limitlar doirasida komissiyasiz amalga oshirishingiz mumkin.
Kartadan kartaga pul o‘tkazmalari uchun belgilangan komissiya miqdorlari bilan quyidagi jadvalda tanishishingiz mumkin.