February 23, 2021

Diplom yoki zamonaviy kasblar (ya'ni IT) ⁉️

👨🏻‍💻 Bugungi kunda ko'plab yoshlar zamonaviy kasblar: grafik dizayn, SMM, dasturlash kabi IT sohalarini o'rganish oliy ta'lim olishdan ko'ra foydaliroq deb hisoblashmoqda.

⚡️ Albatta, IT bugungi kunda trendda. Lekin bu oliy ta'lim kerak emas degan fikrga sabab bo'lmasligi lozim. Jamiyatga barcha kasblar birdek kerakli va muhim. Iqtisodchi, yurist, shifokor, o'qituvchi va boshqa juda ko'p kasblarning jamiyatga kerakliligi IT sohalarnikidan kam emas.

IT biz bugun biladigan, kundalik hayotda uchratadigan kasblar o'rnini egallay olmaydi. Shunchaki, ushbu kasblarda faoliyat yuritishimizni yaxshilaydi, qulaylashtiradi.

💵 Ko'pchilik ITga qiziqadigan yoshlar uchun IT boshqa kasblardan daromadliroqday ko'rinishi mumkin, lekin o'z sohasining yetuk mutaxasislari har doim yaxshi daromad topishadi, u xoh IT sohasi, xoh ta'lim, xoh tibbiyot yoki boshqa soha bo'lsin. Sizga eng ko'p "soqqani", siz eng yaxshi bilim va malakaga ega bo'lgan kasbingiz uchun to'lashadi.

Shunday ekan o'zingiz eng yaxshi ko'radigan sohani tanlang. Ushbu sohada yangi ilmlar olishni maqsad qiling. To'gri, bugungi kunda diplom kerak emasdir, lekin oliy ta'lim kerak.

🏢 Balki, bugungi O'zbekiston ta'lim tizimida oliy ta'lim muassasiga kirib barcha diplom olib bitirib ketar, lekin hamma ham oliy ta'lim olomaydi. Siz diplom uchun emas oliy ta'lim olish maqsadidagina OTMlarga hujjat topshiring va kiring. Yaxshi kadr barcha sohada kerak, faqat ITda emas.

Instagram: https://www.instagram.com/alshams_ntm/

Telegram https://t.me/alshams_ntm