July 21, 2025

Women

Pov: Avtor

> ~Aytishadi: vaqt hamma yarani bitiradi. Yolg‘on. Vaqt faqat seni o‘sha yara bilan yashashga o‘rgatadi.
Ba’zi odamlar bor — ular tug‘ilganidan beri hayot bilan kurashadi. Na sevgi, na tinchlik, na o‘ziga munosib bir panoh topa olgan. Har kuni tirik qolishga emas, o‘zini ichida tirik saqlab qolishga urinadi.
Bu qissa ana shundaylar uchun. Yuragi sinib ketganlar uchun emas — sinib, yana yelimlab, yana sindirilganlar haqida.
Inson zoti shafqatsizdir. Goho u seni sevaman deb boshlaydi, so‘ng seni o‘zingdan ham yomon ko‘rib ketadi.
~Men kimman? Bir kuzatuvchiman. Yozaman, chunki aytmasam bo‘lmaydi. Bu og‘riqlar jim bo‘lishga loyiq emas.
Eshit. His qil. Balki o‘zingni ko‘rarsan. Balki unutgan o‘zingni eslarsan.

Fasllar almashadi, yillar esa tobora oshib boraveradi. Odamlarning daftaridagi hikoyalar ko‘payadi — ba'zilari shodlik bilan, ba'zilari esa g‘am bilan to‘ladi. Lekin bilasizmi? Shodlik tezda unutiladi. Ammo bizga keraksiz bo‘lgan g‘am, g‘ussa esa yuragimizda iz qoldiradi. Qaysi kun, qaysi vaqtda sodir bo‘lganigacha yodimizda saqlanib qoladi.
Ertalab quyosh endigina yer yuzini silab o‘tayotgan edi. Sua uyg‘ondi, yuz-qo‘lini yuvib, nonushta qilish uchun pastga tushdi. Dasturxon atrofida onasi va otasi allaqachon nonushta qilayotgan edi. Sua sekin yurib borib salomlashdi, otasining yuzidan o‘pdi:
— Hayrli tong, dadajon. Hayrli tong, onajon.
— Hayrli tong, qizalog‘im.
Lee xonim odatdagidek yumshoq ohangda dedi:
Sua jilmayib, otasining qarshisiga — Lee xonim yoniga o‘tirdi. U hozirda 17 yoshda. Otasi, janob Lee — yirik tadbirkor, onasi esa — uy bekasi. Lekin bu oddiy tong— oddiy tong emas edi.
Sua, Lee xonim va janob Lee nonushta paytida bir-birlari bilan hazillashar, kulgili suhbatlar orqali ertalabni iliqlik bilan qarshi olishardi.
— Oyi, siz mendan ham yoshga o‘xshaysiz! — dedi Sua og‘zidagi bo‘lichkani yutib ulgurmay kulib.
— Sen esa juda chiroylisan, erkatoyim.
Janob Lee esa mehr bilan qarab, hazil aralash jilmaydi:
— Menda ikki go‘zalim bor!
Nonushta vaqtidagi bu mayin suhbatlar oddiy ko‘rinsa-da, inson yuragiga quvvat bag‘ishlardi. Bu sahna — uch insonning baxtini, mehrini, bir-biriga bo‘lgan samimiyatini ko‘rsatardi. Bu shunchaki bir oilaviy tong emas edi. Bu — to‘laqonli baxtlilikning, tinchlik va muhabbatning so‘zsiz ifodasi edi. Eng qimmatbaxo vaqtlar
Sizga achchiq haqiqatni aytsam, aslida tonglar bir xil emas. Ba'zilar uchun bu — kulgu, muhabbat, erkalik bilan o‘tayotgan daqiqalar. Ba'zilar uchun esa... sukut, vazifa va ichdan yemiruvchi charchoq.
Bu vaqtda, shaharning boshqa burchagida Alya oshxonada yolg‘iz turgan edi. U faqat o‘zi uchun oddiygina qora qahva tayyorladi. Sovuq va sodiq. Ota-onasi, opasi va ukasi uchun esa tost, tuxum va boshqa kerakli narsalardan iborat nonushta tayyorladi. Biroq ular bilan birga dasturxonga o‘tirmadi.
Hammasi tayyor bo‘lgach, bir so‘z demay yana xonasiga qaytib kirdi. Orqasidan hech kim bir og‘iz “rahmat” ham demadi. Alya bunga o‘rganib bo‘lgan. Uning tonglari issiqlik emas, vazifa bilan boshlanardi. U kutmasdi. U istamasdi. Faqat o‘rganib qolgan edi.
Alya quloqchinlarini taqib, telefoniga sekin qo‘shiq yoqdi. So‘ng asta yurishni boshladi. U maktabgacha bo‘lgan yo‘lni har kuni piyoda bosib o‘tardi. Bu uning uchun bir turdagi sukunat, hech kimga hisob bermaslik lahzasi edi.
Yo‘l bo‘yida odamlarni kuzatdi — kimdir shoshilinch yurmoqda, kimdir telefon bilan ovora, yana birovning nigohi havoda. Alya esa osmonu yer o‘rtasida yurib, daraxtlar, gullar va beg‘ubor o‘simliklarga ko‘z tashlab o‘tdi. O‘sha gullar... hech qachon hech kimdan shikoyat qilmaydi.
Maktab darvozasiga yaqinlashganda, quloqchinlarini yechib sumkasiga solib qo‘ydi. Yuzida ifodasiz, ammo chuqur fikrlarga to‘la nigoh bor edi. Darvozadan ichkariga kirdi.
Shu payt maktab qo‘ng‘irog‘i chalindi. Jarang... jarang...
Kichik o‘quvchilar shoshib yugurar, katta o‘quvchilar xotirjamlik bilan o‘z sinflariga yo‘l olishardi. Alya ham odamlar orasida jim yurdi, yuragi esa ularning barisidan ajralib turar, lekin hech kim buni bilmasdi.
Alya sinf eshigini ochdi. Yuzida muloyim bir tabassum bilan xonaga kirdi. Har bir sinfdoshiga yengil bosh irg‘ab salom berdi, ba'zilari bilan esa ko‘z bilan salomlashdi.
Sinfning oxirgi qatorida esa Sua kutib turardi. Ularni ko‘rgan kishi, bu ikki qiz o‘rtasidagi bog‘liqlikni darhol sezardi. Alya bevosita Sua tomon yo‘l oldi, ikkalasi mehr bilan quchoqlashdi. Bu quchoqlashuv oddiy odat emas — bu kun bo‘yi davom etadigan birga yurish, birga orzu qilish, birga kulishning boshlanishi edi.
Ular har kuni birga o‘tirishadi, birga uyga qaytishadi, tushlikni ham birga qilishadi. Ba'zan esa, derazadan tashqariga qarab, hayot haqida chuqur sukunat ichida orzu qilishadi.

Ular birga o‘qiydi. Birga yutqazadi. Birga kuch topadi. Faqat... ularning ichki dunyosi har doim bir xil emasdi.
— Alya, bugun darsdan keyin biror joyga boraylik, a? — dedi Sua, yuzida odatdagi sho‘x tabassum bilan.
Alya sumkasidan daftar-kitoblarini chiqarar ekan, sokinlik bilan javob berdi:
— Meni qo‘shimcha darslarim bor, Sua.
Sua yengil horsinib qo‘ydi, ko‘zlarini kattaroq ochib, biroz o‘ksinib dedi:
— Doimgidek... vaqting yo‘q.
Alya esa jilmaydi. So‘zlarida achchiq haqiqat va samimiyat bor edi:
— Men o‘qishim kerak. O‘qishga topshiraman. Sen ham o‘qi.
Sua labini chapillatib, hazilomuz ohangda boshini chayqadi:
— Aqlli qizaloq... Xo‘p, yaxshi, ertaga boramiz!
Ikkisi kulib qo‘yishdi.
Darslar birin-ketin o‘tdi. Alya ham, Sua ham o‘z o‘rnilarida, har biri o‘z dunyosi bilan band edi. Nihoyat, kutgan tanaffus boshlandi — 30 daqiqa.
— Kettikmi oshxonaga? — dedi Sua, birinchi bo‘lib joyidan turarkan.
Alya yengil bosh irg‘adi va ikkalasi yonma-yon yurib yo‘lga tushdi. Ammo koridorda allaqanday shovqinlar eshitildi. O‘quvchilar guruh-guruh bo‘lib yugurmoqda edi — barchasi oshxona tomonga.
— Nima bo‘lyapti? — dedi Alya, bir qarashda xavotirli, bir qarashda qiziqqan ohangda.
— Borib ko‘raylik! — dedi Sua, va ular ham yugurib ortdan ergashishdi.
Oshxonaga yetib borganda esa, u yerda ancha jiddiy manzara guvohi bo‘lishdi: Jimin va Yoongi o‘rtasida janjal, ikkovining ko‘zida ham g‘azab chaqnardi. Ularni butun maktab o‘quvchilari qurshab olgan, hech kim aralashishga jur’at etmasdi.

— Bu yaxshi emas... — dedi Alya past ovozda.
Sua hech ikkilanmay, odamlar orasidan tez o‘tib Minhoni qo‘lidan tutib, chetga tortdi:
— Jimin, bo‘ldi! Bu axmoqlik!
Yoongi esa hali ham oldinga intilardi. Alya ko‘z qiri bilan Yoongini kuzatdi va birdan harakat qildi. Tezlik bilan oldinga o‘tib, uni qo‘lidan mahkam ushladi.
— To‘xta! Bu sen o‘ylagandek yakun topmaydi, — dedi u ohangdor, lekin qat’iy tovushda.
Yoongi Alyaning ko‘zlariga qaradi. Unda na qo‘rquv, na g‘azab — faqat xotirjamlik bor edi. Shu nigoh bir lahzaga Yoongini to‘xtatdi. U yurishdan to‘xtadi. Maktab jim bo‘lib qoldi.
Alya Yoongini qo‘lidan tutib to‘xtatganida, bir lahza atrof jimib qoldi. Hamma qarab turardi. O‘quvchilar orasida shivirlashlar boshlangan edi:
Alya buni eshitib turardi. Ammo bu gaplar unga yoqmadi. Odatda jim yuradigan, sabrli bo‘lgan Alyaning sabri tugadi. U boshini ko‘tardi, ovozi past, ammo jiddiy edi:
— Hamma tarqalsin.
Hech kim qimirlamadi. Faqat yana pichirlash, o‘zaro nigohlar, qo‘rquvli hayrat.
Alya chuqur nafas oldi. So‘ng butun maktab bo‘ylab yangragan ohangda baqirdi:
— Men "hamma tarqalsin" dedim!
Uning ovozida buyruq bor edi. Isyon emas, g‘azab emas — faqat adolat va charchoq. O‘quvchilar hayrat bilan unga qarashdi. Keyin birin-ketin, jim-jim ketishni boshlashdi.
Sua esa bir chetda turar, dugonasiga qarab faxr bilan jilmayardi. Chunki u Alyani bilardi. Uning sukuti ortida qanday kuch yotganini faqat Sua tushunardi.
O‘quvchilar tarqaldi. Qolganlar faqat to‘rt kishi edi: Alya, Sua, Jimin va Yoongi. Havoda sukut osilib turgan bir lahza bo‘ldi.
Sua qo‘llarini beliga qo‘yib, Jimin va Yoomgiga tikildi:
— Sizlar aqldan ozdinglarmi? Dost edinglar-ku! Nimaga urishdinglar, ha? Bu axmoqlik!
Jimin yelkasini qisib, burilib Suaga qaradi. Ohangida g‘azab va beparvolik aralash edi:
— Bu... qizlarning ishi emas. Nimaga oldimizga kelding? Ahmoqmisan? Agar tasodifan birimiz senga urib yuborganimizda nima bo‘lardi?
Uning so‘nggi gapi og‘ir edi, ammo Alya jimgina turmadi. Ko‘zlarida qattiqlik, ovozida muzdek ohang bilan aytdi:
— Jim bo‘l, Jimin
Sua Alyaning yoniga kelib, yelkasiga qo‘l qo‘ydi. U hali ham jahlini bosmagan edi:
Uning so‘zlarida buyrug‘u bor edi, ammo yuragidan chiqayotgan g‘amxo‘rlik ham sezilardi. Chunki bu ikki yigit chin do‘st edi. Va Alya ham, Sua ham ularning adovatda qolishini istamasdi.
Yoongi bir og‘iz so‘z demay orqasini o‘girib ketdi. Uning qadamlarida og‘irlik bor edi — g‘azab aralash xafa yurish.
— Hey! Shoshma! — dedi Alya, uning ortidan qadam bosar ekan.
Sua Alyaning harakatini kuzatdi. Ko‘zlarida “boraver, to‘g‘ri qilayapsan” degan bir ishonch bor edi. Faqat boshini sekin chayqab, jilmaygandek bo‘ldi.
Jimim esa joyida qotib qolgandi. Unga qarab turgan Sua bir oz jim bo‘ldi, keyin biroz qoshlarini chimirib, ohangini yumshatdi:
— Bor, yuzingni yuv. Yuzingdagina emas, ichingdagini ham bir yuvib tashlagin, Jimin
U so‘ngra orqasini o‘girdi-da, jim ketdi. Jimin esa u ketayotgan ortidan bir zum qarab qoldi. Unga birinchi marta kimdir tanbeh emas, mehr bilan gapirgandi.
Alya asta yurib Yoongini maktab orqasidagi eski skamekada topdi. U egilgancha qaddini bukib o‘tirardi, ko‘zlari yerda, qo‘llarini asabiy qirsillatardi. Alya bir og‘iz so‘z demay uning yoniga o'tirdi. Bir necha lahza sukut.
So‘ng Alya sokin, mayin ovozda gap boshladi:
— Menga aytishing mumkin. Sir saqlayman, bilasan-ku...
Yoongi hech nima demadi. Faqat Alyaga qarab qo‘ydi, so‘ng yana nigohini to‘g‘riga qaratdi. Alya yengil xo‘rsinib, unga bir oz tikilib turdi.
— Ha, mayli... Aytmasang ham, tushunaman, — dedi Alya asta. So‘zlari yuragidan chiqdi. U asta sekin o‘rnidan turmoqchi bo‘ldi.
Lekin shu payt Yoongi to‘satdan qo‘lini cho‘zib, Alyaning bilagidan ushlab qoldi.
Alya hayrat bilan unga qaradi. Yoongi esa chuqur nafas olib, unga jiddiy qaradi:
— Iltimos, ketma... — dedi u past ovozda, bir oz titrab.
Bu oddiy so‘zlar ortida butun bir ichki bo‘hron, yolg‘izlik va ishonch yashiringandi.

Чон Аля