Qafasdagi sevgi
Reni kafedagi navbatdagi smenasini tugatib, uyiga qaytayotgandi. Kun bo‘yi ishlagani uchun juda charchagan edi. Ko‘chalar deyarli bo‘sh, osmonni esa qora bulutlar qoplagandi.
— Yana yomg‘ir yog‘adiganga o‘xshaydi, — dedi u o‘zicha.
Oradan ko‘p o‘tmay, kuchli yomg‘ir boshlandi.
— Ajoyib... Soyabon ham olib chiqmaganman.
Reni yaqin atrofdagi avtobus bekatiga yugurib bordi. Bekatda undan boshqa hech kim yo‘q edi.
Shu payt ko‘chaning narigi tomonida bir nechta qora mashina to‘xtadi.
Reni qiziqib qaradi, ammo tezda nigohini olib qochdi. Begona odamlarning ishiga aralashishni yoqtirmasdi.
Birdan yerga bir papka tushib ketdi.
Atrofda hech kim yo‘qligini ko‘rgan Reni uni olib qo‘ydi.
— Kimningdir hujjatlari bo‘lsa kerak...
U papkani ochdi.
Ichida noma'lum odamlarning suratlari va turli hujjatlar bor edi.
— Bu nima?..
Shu payt ortidan sovuq ovoz eshitildi.
— Qo‘lingdagi narsa menga tegishli.
Reni cho‘chib ortiga burildi.
Qora kostyum kiygan, jiddiy qiyofali yigit unga tikilib turardi.
Park Jimin.
Shahardagi eng qudratli mafiya oilalaridan birining vorisi.
Reni uning ismini eshitgan, ammo hech qachon yuzma-yuz ko‘rmagan edi.
— Men uni shunchaki topib oldim, — dedi Reni.
Jimin unga yaqinlashdi.
— Bilaman.
Qiz papkani darhol uzatdi.
Jimin hujjatlarni olib, bir necha soniya unga tikilib qoldi.
Shu payt yomg‘ir yanada kuchaydi.
Jimin qo‘lidagi soyabonni ochib, Renining ustiga tutdi.
Reni hayratlandi.
— Nega?
— Kasal bo‘lib qolsang, menga foydasi yo‘q.
— Siz hammani shunday qo‘rqitasizmi?
Jiminning lablarida yengil tabassum paydo bo‘ldi.
— Faqat kerak bo‘lganda.
U bir necha soniya jim turdi-da, so‘radi:
— Isming nima?
— Reni.
— Reni... Endi sen ehtiyot bo‘l.
— Nega?
Jimin uning ko‘zlariga tikildi.
— Chunki bugun ko‘rgan narsalaringni ko‘rmasliging kerak edi.
Renining yuragi tez ura boshladi.
Jimin ortiga burilib, mashinasi tomon yurdi.
Mashinaga o‘tirishidan oldin esa yana bir marta qarab qo‘ydi.
— Va yana bir narsa...
— Nima?
— Mendan uzoq yurishga harakat qil.
Shu so‘zlarni aytib, u ketdi.
Reni esa yomg‘ir ostida qotib qoldi.
Qiziq tomoni shundaki, u Jiminning maslahatiga amal qila olmasdi.
Chunki bu ularning birinchi va oxirgi uchrashuvi emas edi
Ertasi ertalab Reni Jiminni xotirasidan chiqara olmadi. U shahardagi eng xavfli shaxslardan biri hisoblanadi. "Men unga duch kelmayman", deb o'yladi Reni. Biroq taqdir boshqacha qaror qilgan edi.
Universitetdagi darslar tugagach, Reni odatdagidek kafega ishga bordi. Kechqurun navbatdagi buyurtmalar bilan band bo'lib yurganida, eshik ochildi va bir guruh erkaklar kirib keldi. Ularning ortidan esa Jimin paydo bo'ldi. Reni beixtiyor qotib qoldi. Jimin ham uni darhol tanidi. Bir necha soniya davomida ikkalasi bir-biriga tikilib turishdi.
— Stol buyurtma qilinganmi? — deb so'radi menejer.
— Ha, ikkinchi qavatdagi VIP xona, — dedi Jiminning yonidagi yigit.
Taqdirning hazili bilan o'sha xonaga xizmat ko'rsatish Reniga topshirildi. "Nega aynan men?" — dedi u ichida. Qo'lidagi ichimliklarni olib, VIP xonaga kirdi. Jimin stol boshida o'tirardi. Qiz ichimliklarni qo'ygayotganida qo'llari biroz titradi. Jimin buni sezdi.
— Qo'rqyapsanmi? — dedi u past ovozda.
— Yo'q.
— Yolg'on.
Reni unga qarab qo'ydi.
— Siz o'zingizni juda muhim deb o'ylaysiz.
Jiminning yonidagi yigitlar birdan jim bo'lib qolishdi. Hech kim Jimin bilan bunday gaplashishga jur'at qilmasdi. Lekin Jimin g'azablanish o'rniga kulib yubordi.
— Qiziq qiz ekansan.
— Men oddiy qizman.
— Yo'q. Oddiy qizlar menga bunday javob qaytarmaydi.
Reni boshqa gapirmadi va xonadan chiqib ketdi. Ammo yuragi negadir tez ura boshlagandi. Kechqurun smena tugagach, u kafedan chiqdi. Ko'cha bo'sh edi. Birdan orqasidan qadam tovushlari eshitildi. Reni tezroq yura boshladi. Qadamlar ham tezlashdi. U ortiga qarayotganida ikki notanish erkakni ko'rdi. Yuragi siqilib ketdi. Shu payt ko'cha chetida qora mashina to'xtadi. Mashina eshigi ochildi.
Bu Jimin edi. Reni hayron bo'lib unga qaradi.
— Nima?
— Hozircha savol berma. Mashinaga o'tir.
Notanish erkaklar yaqinlashib kelayotgan edi.
Reni bir necha soniya ikkilanib qoldi.
Notanish erkaklar tobora yaqinlashayotgan edi.
— Tezroq, Reni, — dedi Jimin sovuqqina ohangda.
Qiz boshqa iloji yo‘qligini tushunib, mashinaga o‘tirdi.
Eshik yopilishi bilan mashina joyidan qo‘zg‘aldi.
Reni oynadan qaradi. Haligi ikki erkak ortda qolib ketgandi.
Reni oynadan orqaga qarab quyar ekan hech yuqligi uchun biroz xotirjam buldi lekin mashina eshigini qulflagan ovozini eshtib yuragi qõrquvga tõldi
-Yolg'on gapirishini eplay olmaysan
Jimin kõzini yõldan uzmagan xolda qizdan surar ekan qiz uy qayerda ekanligini aytishni xoxlamadi
Oxir oqibat uy qayerda ekanligni ayt.Jimin qizni uyni oldiga olib keldi mashina qulfni ochgan jimin qizga qaradi.Reni eshikni ochmoqchi bo‘lganida Jimin gapirdi:
— Bir necha kun ehtiyot bo‘l.
bo‘layotganini yashiryapsiz.
Jimin javob bermadi.
Bu esa Renining xavotirini yanada kuchaytirdi.
Qiz mashinadan tushib, uyiga kirib ketdi.
Ertasi kuni universitetga borganda ham ko‘ngli g‘ash edi.
Dars tugagach, u kampusdan chiqayotganida telefoniga noma'lum raqamdan xabar keldi.
"Jimin bilan aloqani uz."
Reni hayron bo‘lib xabarga tikildi.
Oradan bir necha soniya o‘tib, yana bir xabar keldi.
"Bu oxirgi ogohlantirish."
Qizning qo‘llari muzlab ketdi.
U atrofga qaradi.
Go‘yo kimdir uni kuzatayotgandek tuyulardi
Reni Elvarisse 19 yoshda yotoqxonada turadi.
Ota onasi bilan turmaydi ota onasi yoshligida ajralishgan ikkisini ham boshqa boshqa oilasi bor.