𝑻𝑯𝑬 𝑱𝑼𝑫𝑮𝑬'𝑺 𝑪𝑹𝑰𝑴𝑬🖤
Taehyung esa Y/Nning ko‘zlariga biroz tikilib qoladi. Go‘yoki u hech narsa demayapti, ammo ko‘zlari... faqat ko‘zlari so‘zlayapti.
Ular birga ice latte olib, suhbatlasha boshlashadi.
Y/N: Bilasizmi... kechagi holat uchun uzr so‘rayman.
Tae: Hechqisi yo‘q. Ammo... siz u bilan uchrashasizmi?
Y/N biroz o‘yga toladi. Ich-ichidan nimanidir tortishayotgandek, so‘nggina sokinlik bilan:
Tae: Kechirasiz... men sizni u bilan birga ko‘rganim uchun uchrashasiz, deb o‘ylagan edim.
Y/N: Yo‘q, uchrashmaymiz.
Shunchaki tanishlar edik, xolos.
Taehyung yana Y/Nning ko‘zlariga tikilib qoladi. Uning qarashlari yanada yumshab, yuragi notanish ohangda urib ketadi.
Tae (P.O.V):
Nega uning nigohlari, uning kulishidagi mayin chuqurchalar menga bunchalik ta’sir qilyapti? Nimalar bo‘layapti, Tae?..
Tae: Y/N xonim... hali sizga aytmagan bir gapim bor edi...
Y/N: Eshitaman.
Tae (P.O.V):
Nimalar qilyapsan, Tae... o‘zingni to‘xtat.
Tae: Agar sizga biror yordam kerak bo‘lsa... men har doim yordamga tayyorman.
Y/N esa unga kulib qaraydi. Ko‘zlarida minnatdorchilik va ishonch uyg‘unlikda porlaydi.
Y/N: Katta rahmat. Men ham — doim yordamga tayyorman.
Ular shunday deya suhbatni muloyim ohangda yakunlashadi.
Y/N shunday deya uyiga jo‘nab ketadi. Bu vaqtda esa IBMX kompaniyasi deyarli parchalanib bo‘lgan, ichkarida esa keskin o‘zgarishlar davom etayotgan edi. Aynan bugun Lee Do Han kompaniyaning barcha mol-mulki va aksiyalarini Namjoon nomiga o‘tkazishga qaror qilgan edi.
Ishlar aynan Namjoon tuzgan reja bo‘yicha ketmoqda edi.
Y/N uyiga yetib keladi. U juda holsiz va tushkunlikda, asta sekinlik bilan uyga kirib keladi.
Namjoon esa oshxonada kechki ovqat tayyorlayotgan va Y/Nni kutayotgan edi.
Nj: Oooo, mening go‘zal singlim keldi-ku!
-Qani, kel, birga ovqatlanamiz.
Y/N biroz kulib akasiga javob qaytaradi:
Y/N: Aka, sizga yoqmli ishtaha. Men esa biroz dam olaman... juda charchadim.
Ammo Y/N akasining gapini oxirigacha eshitmay, xonasiga chiqib ketadi.
Y/N xonasiga kirib, yotoqqa o‘tiradi. U atrofga xiralashgan nigoh bilan qaraydi. So‘ng, javonda turgan — Jimin bilan birga tushgan surat ko‘ziga tushadi.
U asta o‘rnidan turib suratni qo‘liga oladi, sekin joyiga — to‘shak chetiga qaytib o‘tiradi. Nigohlari suratga qadalgandi. So‘ng, ko‘zlaridan ohista yosh oqib tushadi.
Y/N (P.O.V):
Zora-a... Zora, oxirimiz bunday tugashini xohlamagandim.
Seni shunchaki yo‘q qilsam... va yana hayotimni avvalgidek davom ettira olsam edi...
Suga uyida, xira yorug‘lik ostida, ichkilik ichib o‘tirardi. U bu holatda Jiminni ko‘raman deb sira o‘ylamagandi. Jimin hech qachon bunday tuban holatga tushmagan edi. U doim o‘zini sevgan, hech kimga bo‘yin egmaydiganlardan edi. Ammo endi... bu jim, ezilgan, ich-ichidan chirigan holat — Suganing yuragiga anduh solardi.
Shu payt Suganing telefoni jiringlaydi.
Do Han: Kompaniyani boshqa bir badavlat, qudratli mafiya qo‘liga topshirdim. Un qo'lidan hamma narsa keladi.
Suga: Bundan nima foyda? Demak, endi butunlay hech narsasiz qolding, shundaymi?
Do Han: Adashyapsan. Kompaniya biroz holatni tiklab olsa, uni yana o‘z qo‘limga qaytarib olaman.
Suga kuladi, masxaromuz ohangda:
Suga: Nahotki bunga ishonyapsan? Chuv tushasan, Lee Do Han.
Do Han: Agar shunday bo‘lsa, uni o‘ldiraman.
Suga: Hammani o‘ldirib, nima erishmoqchisan? Kurashishni, jang qilishni bilmaydigan, yuraksizsan — buni tan ol.
Do Han: Bu gaplarni Jiminni o‘ldirmasligim uchun aytayapsanmi?
Aynan shu daqiqalarda, Suganing har bir so‘zini kimdir yashirincha tinglayotgandi...
Suga asabiy ohangda davom etdi:
Suga: Jimin o‘ldi, deylik. Ammo bilib qo‘y — uni o‘ldirgach, navbat senga keladi... Lee Do Han!
To‘satdan, gaplarni poylab turgan shaxs Suganing yoniga kirib keladi. U belidan to‘pponchani sug‘urib, Suganing peshonasiga tiraydi. Keyin telefonni olib, ovoz rejimiga qo‘yadi.
Do Han: Demak, sen ham bosh tortmoqchisan, shundaymi?
Suga: Shunday desam, nima bo‘ladi?
Do Han: Unda seni ham, Jiminni ham tirik qo‘ymayman. Jiminni o‘ldir — va men bilan qol...
So‘zini tugatgach, Do Han go‘shakni qo‘yib qo‘yadi.
To‘pponchani ushlab turgan odam, bir lahzalik sukutdan so‘ng:
X: Agar Jiminning bitta tola sochiga zarar yetgudek bo‘lsa, seni ham, uni ham tiriklayin yoqaman!
Suga: O‘zingni bos... to‘pponchani tushir!
X: Aslooo!
Birdan, Suga chaqqonlik bilan harakat qilib, uning qo‘lidan to‘pponchani olib qo‘yadi va qorniga qattiq zarba beradi. U yerga yiqiladi. Ammo yerda yotgan holatda ham baqiradi va belidan hanjar chiqaradi. Shiddat bilan Suga bilan olishishni boshlaydi.
U hanjar bilan Suganing yelkasi va oyog‘ini jarohatlaydi. Keyin yerda yotgan to‘pponchani olib, uni Suga tomonga yo‘naltiradi.
X: Nega o‘ldirish topshirig‘ini qabul qilding, a?! Jimin senlarga nima qildi?! O‘z do‘stingni o‘ldirasanmi, ittt?!
Suga tishlarini g‘ijirlatib, zorlanadi:
Suga: U... u... u XIYONAT QILDI!!!
Suga: Bu haqiqat. U sevib qoldi...
Suga og‘ir nafas oldi. Nigohini boshqa tomonga burib, asta o‘rnidan turdi.
To‘sh qismidan qattiq zarb bilan urilgan Lisa titrab, ammo ko‘zlarida g‘azab yog‘ilardi.
Lisa: Gaplaring yolg‘on! Unda hech qachon sevishga yaroqli yurak bo‘lmagan!
Suga: Lekin u uddaladi. U odam bo‘lib yashashni, his qilishni, sevishni o‘rgandi. U xiyonatga ham uchradi. Ammo... xiyonat qilgan odam... hali ham tirik...
Bu gapdan so‘ng Lisaning ko‘zlaridan yosh o‘z-o‘zidan, o‘zi sezmagan holda oqib chiqdi. U yuragini bosib, asta polga cho‘kdi. Jimjitlikda cho‘kkan yurak og‘rig‘i yuzidagi iztirobda yaqqol ko‘rinar edi.
Lisa... Jiminni sevgan. U butun 18 yil davomida bu sevgini yuragida avaylab saqlagan, Jimin uchun hamma narsaga tayyor bo‘lgan. Uni har doim qo‘llab-quvvatlagan, yelkadosh bo‘lgan. Ammo Jimin uni hech qachon yaqiniga yo‘latmagan, doim uzoqda tutgan edi...
Suga: Chunarli... Demak, uni hali ham yuragingda saqlabsan. Shuncha odamni jonini oldingizu, ammo o‘zinggizga kelganda... holingizga maymunlar yig'layapdi. Ajoyib... ofarin, Lisa.
Suga qattiq ohangda shunday degach, ortiga qaramay xonadan chiqib ketadi. Eshik yopiladi... ammo Lisaning ichida bo‘ron boshlanadi. U qattiq baqirib yuboradi, yuragidagi og‘riqni chiqara olmay har narsani sindirib, xonani ostin-ustin qiladi. U alamini devorlardan, buyumlardan oladi — lekin yurakdagi og‘riq baribir kamaymaydi.
Bu qiyqir-qichqiriqni eshitgan xizmatkor yugurib keladi. Eshik oldida to‘xtab, xavotir bilan so‘raydi:
Xizmatkor: Lisa xonim, yaxshimisiz?
Ammo Lisa hech narsa demaydi. U jim turadi, faqat ko‘zlarida yong‘in. Keyin sekin o‘rnidan turadi, yonidagi stoldan to‘pponchani olib xizmatchni otib tashlaydi.
Lisa esa titragan holatda nafas oldi. Uning nigohlarida muhabbat, alam va yovuzlik qorishib ketgandi...
Y/N hayol bilan o‘tirardi. Ko‘zlari shiftga qadalgandi, yuragi esa hali hanuz tinch emasdi. Ich-ichidan nimadir uni bezovta qilardi. Shu payt u asta o‘rnidan turib, shkafni ochdi. Rang-barang liboslarga ko‘zi tushdi. U bir lahza jim turdi... va so‘ng birdan boshiga bir fikr keldi.
Y/N pov:
— Balki bir oz boshimni chalg‘itishim kerakdir…
U yorqin, jozibali bir libosni olib, o‘ziga qarab kulib qo‘ydi. So‘ng libosni kiyib, sochini to‘g‘riladi, ozgina pardoz qildi. Ko‘zlarida yana o‘sha kuch, o‘sha o‘zgarmas qaror chaqnardi.
Y/N zinalardan tushib, hech kimga bir og‘iz ham gapirmasdan uydan chiqib ketadi. Eshikdan chiqayotib faqat bitta so‘z pichirladi:
Tez orada u tungi shahar chiroqlari orasida porlab turgan mashhurligi bilan tanilgan club oldida to‘xtaydi. Club eshiklari ochildi… musiqa, chiroqlar, odamlar… hayot, shovqin, energiya…
Y/N chuqur nafas olib, ichkariga kiradi. Bugun u boshqa Y/N edi. Tashqi ko‘rinish — yorqin, ichki dunyo — allaqachon titragan…
Y/N o‘rindiqlardan biriga cho‘kib, atrofdagi shovqin-suron, raqs va musiqadan o‘zini ajratib qo‘ygandek ichimlikdan bir ho‘plam oladi. Ko‘zlarida yaltillagan charchoq, ammo tashqi ko‘rinishida – ishonch va joziba. Yorqin libosi, silliq taralgan sochlari va ehtiyotkor pardoz uni shu joydagi eng ko‘zga ko‘ringan ayolga aylantirgandi.
Aynan shu clubda boshqa bir burchakda Min Hyuk ham ichimlik ichib, atrofga befarq qarab o‘tirardi. U birdan ko‘zlarini qisib, olomon orasidan tanish bir siymoni ilg‘aydi. Nigohi bir joyga mixlandi.
Min Hyuk pov:
— Ahr… bu! Sudiya xonim… Y/N!
— Bu ayolni bunchalik ochiq libosda tasavvur qilmagan edim… Juda ham… latofatli… yoqimli.
— Istagan erkakni bir qarashda o'ziga rom qila oladi…
U stakanni stolga sekin qo‘yadi, egilgan boshini ko‘tarib, labining chetida o‘zi bilmagancha tabassum bilan o‘rnidan turadi. Yana bir bor Y/Nga qaraydi.
Min Hyuk:
— Nega bu yerda? Nega yolg‘iz?
Sekin, balandparvoz emas, ehtiyotkor qadamlar bilan u Y/N tomon yura boshlaydi. Odamlar orasidan siqilib o‘tib borarkan, ko‘zini Y/Ndan uzmaydi. Y/N esa hali ham unga e’tibor bermagan, hayollari boshqa joyda.