July 20, 2025

𝑻𝑯𝑬 𝑱𝑼𝑫𝑮𝑬'𝑺 𝑪𝑹𝑰𝑴𝑬🖤

𝐂𝐀𝐍𝐀𝐋: 𝑪𝑶𝑺𝑴𝑰𝑪𝑪𝑶𝑹𝑬💫🌠

𝐀𝐕𝐓𝐎𝐑: 𝐴𝑅𝐴🌸❤️

𝙴𝙿𝙿 15

Yordamchisi qulog‘iga nimanidir pichirlab aytgach, Y/Nning chehrasi jiddiylashadi. U hujjatga nazar tashlaydi, so‘ng Min Hyukka tikilib qaraydi. Zalda sukut.

Y/N dalillarga e’tibor bilan qaraydi va yakuniy qarorini e’lon qiladi.
Y/N:
— Jabrlanuvchi Neveda o‘z arizasini rasman qaytarib olgan.
— Biroq taqdim etilgan dalillar, guvohlarning ko‘rsatmalari va holatni to‘liq o‘rganib chiqib, sud quyidagicha qaror qiladi:
Sudlanuvchi Min Hyuk eng kam ish haqining ikki baravari miqdorida jarima to‘laydi va 1 yil davomida rasmiy kuzatuv ostida bo‘ladi.
Zalda jimlik o‘rnini shovqin egallaydi. Odamlar pichirlab gapira boshlashadi. Taehyung esa yuzida ko‘zga ko‘rinib turgan norozilik bilan joyida qotib qoladi. U bu qarordan asabiy edi. Oldin Jimin ishida ham shunday bo‘lgandi, endi esa Min Hyuk.
Y/N sudya bo‘lganidan beri sud zalida biror jinoyatchiga og‘ir jazo — na qamoq, na o‘lim — berilmagan edi. Bu esa atrofdagilarda savollar uyg‘ota boshlagan edi.

Sud tugaydi. Y/N sud zalidan chiqib ketayotganida Min Hyukga telbavor qarab qo‘yadi va zalni tark etadi.
Y/N o‘z xonasiga kiradi va kecha Jimin bilan bo‘lgan voqealarni eslab, yuzida mayin tabassum paydo bo‘ladi. Ammo bu tabassum uzoqqa cho‘zilmaydi. Birdan uning xayoliga Jiminni bir kun o‘ldirishi kerakligi haqidagi haqiqat qaytib keladi.
Y/N ko‘zguga qaraydi va u yerda bolaligiga qaytadi.
FLASHBACK
— Yo‘q, dada, oyimga tegmang! Dada, oyim hozir o‘lib qoladi!
— Oyi, oyijon, ko‘zlaringizni oching...
— Y/N, buni kim qildi? Sengami?
— Dadaaa!
COMEBACK
Y/N: Ming la’nat...
U shunday deya ko‘zguga qarab, stol ustida turgan gullar idishini uloqtiradi.

Ko‘zgu chil-chil bo‘lib sinib ketadi. Yuziga shisha parchalari sachragan bo‘lsa-da, Y/N ularni sezmaydi. U faqat o‘zining ichidagi notinchlikni eshitardi — yuragi g‘ash edi. Shu payt telefon jiringlaydi. Bu Jimin edi.
Jimin:
— Hayotim, ishing tugagandan keyin seni o‘zim uyingga olib borib qo‘yaman.
Y/N:
— Jimin, men...
Jimin:
— Hammasi joyida. Ishing tugagan bo‘lsa, 15 daqiqadan keyin ishxonang oldida bo‘laman.
Y/N bir muddat telefon ekraniga termilib qoladi. Ichida aytib berolmaydigan og‘ir tuyg‘ular girdobida edi. Uning bir tomoni Jimin bilan bo‘lishni istar, biroq boshqa bir tomoni bu yaqinlik xatoga olib kelishini sezardi.
Sud zalida esa Min Hyuk sud qaroridan so‘ng hayratda edi. U uzoq vaqt Y/Nga qiziqib qoldi.
Min Hyuk:
— Nega da’vosini qaytarib oldi?..
— Bu ayol kim edi?..
— Nega u bunchalar latofatli, lekin sovuqqon edi?..
— Qiziq...
Uning ko‘zlarida endi qo‘rquv emas, balki qiziqish uyg‘ongan edi.
Taehyung esa joyida qotib qolgan, yuzidagi ifoda esa chalkashlikdan darak berardi. U hali hanuz nima bo‘lganini anglab yetolmasdi. Bir paytlar o‘zi ishonib topshirgan sudya Y/N jinoyatchiga yumshoqlik ko‘rsatgandi. Bu unga yoqmasdi. Uning ko‘zlari Y/Nning kabineti tomonga qaragancha qoldi.

Y/N o‘ziga kelib, ishxonadan tashqariga chiqib ketayotgan edi. Uning ortidan Taehyung yetib boradi va Y/Nning bilagidan ushlab, uni gapga tutadi. Y/N esa unga ko‘zlarini tikib, go‘yoki yeb qo‘ygudek qaraydi.
Taehyung: Y/N, kechirasiz, sizni noqulay holatga solib qo‘ydim, ammo...
Y/N: Ammo?
Taehyung: Rostdan ham o‘sha ayol arizasini qaytarib olganiga ishonolmayapman.
Y/N yengil tabassum qilib javob beradi:
Y/N: Bu — uning qarori. Ammo, men ham hayratdaman. Bir zo‘ravon yana ozodlikda yuradi.


U aslida bu barni o‘zi tashkillashtirgandi, ammo buni o‘zi bilmagandek tutardi. Aynan shu paytda Jimin, Y/Nni Taehyung bilan birga ko‘rib qoladi. Jimin ich-ichidan qaynay boshlaydi, mashinasidan tushib ularning oldiga boradi.
Jimin: Sen u bilan?..


Shunday deb, u Taehyungga musht tushiradi. Y/N darhol ularni ajratadi.


Y/N: Jimin, bas qil! Bu yerdan ketishimiz kerak.
Taehyung: Y/N, siz u bilan uchrashasizmi?
Jimin nimadir demoqchi bo‘ladi, ammo Y/N javob beradi:


Y/N: Yo‘q.


Bu javob Jiminga og‘ir botadi.


Y/N: Endi esa bu yerdan keting.


Taehyung: Lekin...


Y/N: Ket dedim!


Y/N baqirib yuboradi. Taehyung jim bo‘lib, ortiga o‘girilib ketadi. Jimin esa Y/Nga qahr bilan qaraydi.


Jimin: Nega unday deding? Nahotki, men senga hech kim bo‘lgan bo‘lsam?


Y/N: Bas qil, Jimin.


Jimin sabrini yo‘qotadi va baqiradi:
Jimin: Men sendan so‘rayapman, Y/N! Shuncha gaplar, harakatlar — barchasi yolg‘onmidi?!
Y/N ham jim qolmaydi. U ko‘zlarini katta ochib, qat’iy ohangda gapiradi:


Y/N: Menga baqirishga haqqing yo‘q! O‘zingni bosib ol, shundan keyin gaplashamiz.
Jimin chuqur nafas oladi, so‘ng yumshoqroq ohangga o‘tadi:


Jimin: Kechir, men shunchaki...
Y/N: Bilasanmi, munosabatlarimiz boshlanmasdan yakunlanadigan ko‘rinadi. Menimcha, yakunlaydigan joyimizga yetib keldik.


Bu gaplar Jiminni larzaga soladi.
Jimin: Y/N... Nimalar deyapsan? Men shunchalik yomon ish qildimmi?
U yuragidagi og‘riqni yashira olmaydi. Y/N esa past ovozda, ko‘zlarida og‘riq bilan javob beradi:


Y/N: O‘rtada ishonch bo‘lmasa, hech narsaning qiymati qolmaydi.
Jimin: Y/N, hozir o‘zingda emassan, bilaman. Shu sababli birozdan keyin gaplashamiz, hozir esa...


Y/N: Menda hammasi joyida, Jimin. Hamma narsa yaxshi. Faqat ket.
Y/Nning o‘zi ham ketishni istamasdi, lekin sevgan insondan voz kechish — bu og‘riqni u yuragida yashirardi.


Jiminning ko‘zlari qizarib ketadi. Y/N esa haydovchisini chaqirib qo‘ygan edi. Ketayotganda Jimin uning qo‘lidan ushlab qoladi.


Jimin: Y/N... Y/Nim...
Ammo Y/N ko‘zida yosh bilan orqasiga qaramay, Jiminni rad etadi va mashinasiga o‘tirib, uyiga ketadi.

Jimin shunchaki Y/Nning ortidan qarab qoladi. Y/N esa mashinasini to‘xtatmasdan ko‘z yosh to‘kardi. Yuragidagi og‘riq, aytilmagan so‘zlar, tushunarsiz tuyg‘ular — barchasi uning ko‘zlaridan oqayotgan edi.


Jimin mashinasiga o‘tirib, tezligni oshirgancha yo‘lga tushadi. Qanday qilib haydab ketayotganini ham bilmasdi — ongida faqat Y/N.


Y/N uyiga yetib kelganda, uni Namjoon kutib oladi. Namjoon unga har doimgidek hazil bilan murojaat qilmoqchi bo‘ladi, ammo Y/Nning shishib ketgan ko‘zlarini ko‘rib, kayfiyatining yo‘qligini darhol sezadi.


Namjoon: Salom, mening malikam... Y/N, senga nima bo‘ldi?


Y/N akasiga majburan jilmayib qaraydi:
Y/N: Hech narsa, hammasi joyida. Shunchaki dam olmoqchiman.


Namjoon unga hech narsa demaydi. Kechagi tun haqida ham so‘ramaydi. U singlisining ichidagi dardni yutib, o‘ziga ozor berib yashashini juda yaxshi bilardi.
Y/N zinadan yuqoriga — xonasiga ko‘tarilmoqchi bo‘ladi. Ammo qoqilib ketadi. Shu payt Namjoon uni ushlab qoladi:


Namjoon: Qani, yur. Yonindaman.
Ammo Y/N indamaygina xonasiga chiqadi. Namjoon ortidan kirmoqchi bo‘lganda, Y/N eshikni qulflab qo‘yadi.
Bu orada Jimin Y/Nga tinimsiz xabar yozardi, qo‘ng‘iroq qilardi. Y/N esa telefon ekraniga tikilib, yana kuchliroq yig‘lay boshlaydi. Yuragining har bir zarbasi ichidagi azobni oshirib borardi.


Namjoon pastdan uning yig‘isini eshitadi. Havotirga tushadi, ammo singlisining holatini tushunib, unga tinchlik berishni afzal ko‘radi. Qanchalik og‘riqli bo‘lsa ham, u hozir bu dardni o‘zi yengib o‘tishini bilardi.

Nihoyat, tun kirib kelgan, kechki ovqat vaqti ham o‘tib bo‘lgandi. Ammo Y/N hech narsa yegani yo‘q edi. U jimjit xonada faqat Jimin bilan tushgan suratga tikilib, o‘sha lahzalarni eslab o‘tirardi.

Ko‘zlarida sog‘inch, yuragida esa adashgan tuyg‘ular girdobi bor edi.


Shu payt eshik asta taqillaydi. Bu Namjoon edi. U jim yurib, eshik tagiga likopchada issiq ovqat qo‘yib ketadi. Y/N buni eshitadi, ammo darhol javob bermaydi. Akasi ketganidan so‘nggina eshikni ochib, taomni oladi. Yuragi to‘lib ketgan bo‘lsa ham, akasining mehrini his etgandek bo‘ladi.


Shu orada Min Hyuk hali ham ozod qilinmagandi. Sababi, politsiya qo‘lida dalillar mavjud edi. Nevedaga hech qanday tahdid yo‘qligi isbotlanmaguncha va barcha jarimalar to‘lanmaguncha, u qamoqda saqlanadigan bo‘ldi.
Oradan biroz vaqt o‘tadi. Jimin yana qo‘ng‘iroq qiladi. Bu safar Y/N uzoq ikkilanishdan so‘ng, qaltiroq qo‘llari bilan telefonni olib, go‘shakni ko‘taradi...

Y/N: Eshitaman.
Jimin Y/Nning ovozini eshitgach, bir lahza jim bo‘lib qoladi. Nafasi bo‘g‘ziga tiqilgandek, gapira olmaydi. Ich-ichidan titraydi.


Jm: Y/N... iltimos, faqat bitta iltimosim bor. Xohlasang rad qil, xohlasang... ko‘nglingga og‘ir botgan bo‘lsa kechir, lekin seni ko‘rishni, yoningda bo‘lishni juda istayapman...
Y/N jim. U allaqachon yig‘layotgan edi. Nafasini boshqara olmasdi, ammo Jiminga sokin, ammo qat’iy ohangda javob beradi.


Y/N: Besh daqiqa ichida yonimda bo‘l.
Jimin bu so‘zlarni eshitgach, bir soniya ham o‘ylamaydi. Darhol o‘rnidan turib, yuragi otilayotgandek holda Y/Nning oldiga yo‘l oladi...

Jimin mashinasini iloji boricha tez haydadi. Atigi to‘rt daqiqada Y/Nning uyi oldiga yetib keldi. Derazadan qarab turgan Y/N Jiminning mashinasini ko‘rishi bilan yugurib tashqariga chiqdi. Uzoq kutgan yuragi hozir faqat bir narsani istardi — Jiminning bag‘rini. Namjoon esa bu holatni jimgina, yuragi zirqiragan holda kuzatardi.


Y/N yugurib borib Jiminni mahkam quchdi. Jimin ham uni bag‘riga bosib, nafasiga, hidi va issiqligiga to‘yolmasdi. Ularning ushbu daqiqasini deraza ortidan Namjoon kuzatar, Y/Nning yuragi kim uchun urayotganini nima uchun bunchalar ezilayotganini ravshan tushunardi.


Jimin Y/Nning yuz-ko‘zlaridan o‘pib, nigohlarida yashiringan og‘riqni his qildi.


Jimin: Ahvoling... ko‘zlaring... Y/N, Y/N-im...
Y/N: Jimin... iltimos, suv bo‘yiga boraylik. Faqat shu on, shu joyda, hammadan yiroq bo‘laylik...


Jimin hech narsa demay, Y/Nni mashinaga mindirib ko‘l bo‘yiga olib bordi. Suv sohilida to‘xtashgach, Y/N sekin suv bo‘yiga yaqinlashdi. Jim, lekin yuragida bo‘ron. U chuqur nafas oldi va o‘ziga gapira boshladi:


Y/N: Nega... nega aynan men? Hammasi mening aybim. Uni sevmasligim kerak edi. O‘zim sevib turib, qanday qilib uni o‘ldiraman?..
Jimin ortidan kelib, unga savollar yog‘dirdi. Uning ovozida chorasizlik bor edi.
Jimin: Nega bunday deding, Y/N?
Nega bunday qilding?
Nega meni sensiz qoldirmoqchisan?
Men o‘zgardim... faqat sen uchun... Men hamma narsani sen uchun tashladim...
Y/N: Sen hech narsani bilmaysan, Jimin...
Jimin: Nima bilmayman, Y/N? Gapir... jim turma... gapir!!!


Jimin baqirib yubordi. Shunda Y/N ko‘zlarida alam, yuragida azob bilan Jiminning ko‘ksiga mushtlab, yig‘lagancha javob berdi:
Y/N: Sen bilmaysan... hech narsani bilmaysan! Men sen o‘ylagandek inson emasman. Men bilan bo‘lsang — yo‘q bo‘lasan, shunchaki o'lib ketasan Jimin!


Men o‘zim xohlagan odam emasman...
Ming la’nat!!! Hammasiga!!!
Y/N tiz cho‘kib, boshi bilan quloqlarini bekitdi. Yuragiga bostirilgan o'tmish, bolalikdagi dahshatli xotiralar, ich-ichidagi yovuz fikrlar birdan bosib keldi. U o‘zini yo‘qotib, chinqira boshladi:


Y/N: Miyyamdan chiqib ket! Yo‘qol!!! Meni tinch qo‘y!!!
Jimin: Y/N! Meni qo‘rqitma! Y/N!
Jimin Y/Nni ushlab turardi, ammo Y/N hushini yo‘qotdi. Uning bag‘rida hushsiz yotgan Y/Nni quchoqlab, yuragi tilka-pora bo‘lgan Jimin baqirib yubordi:
Jimin: Y/N!!! Yo‘qqq!!! Iltimos, menga qaragin... Y/N!!!