𝑻𝑯𝑬 𝑱𝑼𝑫𝑮𝑬'𝑺 𝑪𝑹𝑰𝑴𝑬🖤
Lisa Y/Nning suratlarini ko‘zdan kechirib chiqadi.
Lisa pov:
— Lanati… nega uning sochlari bunchalik uzun? Ustiga-ustak bo‘yi ham uzun, qomati ham juda ajoyib. Ko‘zlari esa moviy… U mendan chiroyli ekan, ammo mendek aqlli emasligiga ishonchim komil...
Lisa shunday deya o‘zini ovutardi. Ammo Y/N Lisa o‘ylaganidan ham aqlli va tajribali edi.
Y/N yigirma daqiqa ichida Nevedaning oldiga yetib keladi. Uyga kirishi bilan xizmatchlar uni ko‘rib xursand bo‘lishadi. Neveda esa xizmatchlarning shovqinini payqab, pingvingga o‘xshab yurib, tezda Y/Nning oldiga keladi. Y/N esa uning qorni ancha qappayganini va yurishlari pingvingnikiga o‘xshab qolganini ko‘rib tabassum qiladi.
Neveda kelib, Y/Nni mahkam bag‘riga bosadi.
Y/N: Men ham seni juda sog‘ingandim. Senga yarasharkan.
Y/N: Pingvingchaga o‘xshash.
N: Voy, men pingvingga o‘xshab yuramanmi?
Y/N: Bu seni juda yoqimtoy qilib ko‘rsatyapti.
Y/N: Albatta… Qani, kettik, restoranga boramiz.
Restorandagi sham yorug‘i Nevedaning yuzini yoritib turardi. Y/N qarshisida o‘tirgan Nevedaning ko‘zlari namlanganini payqadi. Ovqat deyarli tugagan edi, ammo Neveda qoshiqni qo‘liga ham olmadi.
Neveda: — Sizni ko‘rib juda xursand bo‘ldim… lekin ichimdagi qo‘rquv hali ham ketmayapti. Min Hyukdan… juda qo‘rqaman. U meni topishidan, hammasi yana boshidan boshlanishidan qo‘rqaman.
Y/N stolda turgan suv stakanini sekin qo‘ydi.
Y/N: — Sen yolg‘iz emassan, Neveda. Men bor ekanman, u senga tegolmaydi. Hatto soyangga ham yaqinlashtirmayman.
Neveda ko‘z yoshini yashirish uchun boshini egdi.
Neveda: — Siz bo‘lsangiz, men biroz bo‘lsa ham tinchlanaman… ammo yuragimdagi qo‘rquv… uni yashirish qiyin.
Y/N: — Qo‘rquv kuchlilarni ham sindiradi, lekin sen buni yenga olasan. Ishon menga, hammasi joyida bo‘ladi.
Neveda Y/Nning nigohiga qaradi va sekin bosh irg‘adi. Ovqatdan so‘ng Y/N uni uyiga yetkazib qo‘ydi. Neveda eshik oldida yana Y/Nga qarab, minnatdorlik bilan jilmaydi.
Neveda: — Rahmat… siz borsiz, men yashashga sabab topaman.
Y/N hech narsa demadi, faqat uning qo‘lini qisqa vaqt ushlab turdi-da, ortga qaytdi.
O‘sha paytda, boshqa manzilda Min Hyuk asta-sekin uyg‘ona boshladi. Boshida og‘irlik, tomog‘ida esa achchiq ta’m bor edi. Qo‘liga qaradi — bo‘sh. So‘ng atrofga alangladi. U bilan sodir bo‘lgan voqealar parchalarini eslay boshladi, va nigohida g‘azab uchqunlari chaqnadi.
Min Hyuk:
— Kim… Y/N…
Uning yuragi tez ura boshladi.
Shahar chetidagi qorong‘i xonada Jimin kresloga cho‘zilib yotardi. Uning lablarida kulimsirash, ammo ko‘zlarida boshqa — yanada chuqur, qorong‘i tuyg‘ular yashirinardi.
Jimin pov:
— Y/N… seni har bir harakatingni ko‘rib turibman. Sen qanchalik sirli bo‘lishga urinsang ham, men seni o‘qiy olaman.
U stolda turgan stakanini qo‘liga olib, ichidagi ichimlikni asta aylantirdi. Uning xayoli Y/N bilan bo‘lgan so‘nggi uchrashuvga qaytdi — nigohlar, so‘zsiz o‘yin, ichida yongan o‘sha his.
Jimin: — Ertaga seni ko‘raman… va bu safar hech qaerga qocholmaysan.
Uning ovozidagi ohang iliq emasdi — unda qiziqish va xavf uyg‘otuvchi qattiqlik bor edi.
Y/N uyiga yetib kelganda, eshik oldida Namjoon turardi. Yuzida jiddiylik, nigohida esa og‘ir xavotir aks etgan edi.
Namjoon: — Gaplashishimiz kerak.
Y/N: — Aka, uyqum kelyapti, keyin gaplashsak bo‘ladimi?
Namjoon: — Yo‘q. Bu sening sog‘lig‘ing haqida. Yoshlikdagi yaralaring haqida. Sen ularni unutgan ko‘rinasan, lekin ichingda hanuz yashab turibdi.
Y/N bir lahza sukut saqladi, keyin chuqur nafas oldi.
Y/N: — O‘sha kunlarni ortda qoldirganman, Aka.
Namjoon: — Sen shunday deysan… lekin ko‘zlaring boshqa narsani aytadi.
Ular orasida qisqa sukut cho‘kdi. So‘ng Namjoon yon tomonga chekinib, yo‘l berdi.
Namjoon: — Dam ol. Lekin unutma, men seni yaxshi bilaman.
Y/N xonasiga kirib ketdi. Namjoon esa u ketgach ham bir muddat eshik oldida turdi, go‘yo nimanidir his qilayotgandek.
Y/N tezda yuvnib pardoz qilib oladi va yengil nonushta qilib ishga otlanadi.
Jimin ham yaxshi tayyorlanib Y/Nning ish xonasiga borishga qaror qiladi va Y/N uchun chiroyli sovg'a oladi.
Bu orada Lisa ham Y/Nni bilan ko'rishish uchun uning ishxonasi tomon otlanardi.
Nihoyat yarim soat deganda Lisa Y/Nning ish xonasiga yetib keladi va uning ortidan Y/N ham keladi.
Lisa Y/Nni qizil rangli avtomabilda ko'radi va egnidagi qizil libosi ungga juda ham yarashardi. Y/Nning ishonch bilan yurishi va aldamchi tabassumni ko'rgan Lisa biroz yutunadi.
Y/N hech narsa demasdan Ish xonaga kirib ketayotgandi. Ammo, Lisa Y/Nni qo'lidan ushlab qoladi.
Lisa: Sen bilan gaplashib olishim kerak...
Y/N hayron bo'ladi. U Lisani juda yaxshi tanirdi ammo hozir Y/N o'zni bilmaganlikka olardi.
Y/N: Ko'rib turganingdek Bandman yaxshisi ishdan keyin gaplashib olamiz.
Lisa Y/Nning qo'lni yanada mahkam ushlab uni ko'zlariga qattiq tikiladi.
Y/N ham Lisadan sira qolishmay Lisaga shunchaki beparvo tabassum qilib uning qarshisiga o'tadi.
Y/N: O'tmishda foxisha bo'lgan Lisa Bugun SOYA QOTILLARI a'zosiga aylanibdi ofarin...
Y/N shunday deya Lisani mazah qiladi.
Lisaning bu gapdan asabi o'ynardi. Sababi Lisa oldinlari clublarda raqqosa va erkaklarni qondruvchi ayol sifatida ishlagan edi.
Lisa Y/Nga o'ldirib qo'ygudek qaraydi. Ammo Y/N avzoyni ham buzmay Lisaga qarab turadi.
Lisa: Uni tinch qo'y hayotidan butkul chiqib ket...
Y/Nning yuz ifodasi biroz o'zgaradi va qoshlarni ko'tarib gapra boshlaydi.
Y/N: Jimin degin ini sevasanmi?
Lisa: Ha u uchun jonmni berishga ham tayyorman. Ammo sen uni shunchaki O'yin qilgansan. U hozir qay holda ekanligini ham bilmaysan. Shunchaki o'zingga oro berib qizil libosda juda baxtli yashayabsan.
Y/N: Gaplaringni o'ylab gapir..
Lisa: Nima bo'ladi Agar gaplarmni o'ylab gapirmasam Nima qilasan???
Y/N: Nega Bunchalik asabiylashyabsan. Bu Jiminning hayoti seniki emas u uchun nega Bunchalik kuyinyabsan???
Lisaning asablari juda tarang edi va Y/Nni o'ldirshdan ham tonmasdi.
Lisa: O'ldraman sen manjalaqni. Uni nega sevmading. Boshqa insonga berish uni baxtli qilish qo'lingdan kelmasa nega uni o'zingga bog'lab so'ng tark etting Nega uni sevmading lanatiiiii.
-Uning baxtni uning orzularni uning hayotni nega o'ynchoq qilding...?
-Bir narsani bilib qo'y Y/N umid berib tashlab ketilgan yuraklar qalbni u dunyoyu bu dunyo qarzni qaytarolmaysan...
-Yoki uni tinch qo'y yoki baxtli qil...
Bu gaplardan keyin Y/Ning yuragi tirnaladi. Ammo buni Lisaga sezdirmaydi va asabiy ohangda Lisaga gapiradi.
Y/N: Qani o'ldirmoqchi bo'lsang hozirni o'zida shunday qil... Ammo, bir narsani bilib qo'y. Men o'lganimdan keyin ham Jimin meni sevadi. Bungga butun vujudim onggim bilan ishonaman. Lekin, Meni o'ldirganing bilan Jimin sengga qayrlib ham qaramaydi. Aksincha o'zni ham seni ham.azobga tashlaydi. Meni ayol qilgan Jimin edi va men 30 yoshimda ayol bo'ldim... Ho'sh senchi? Oddiygina foxishasan va hozir ham o'zgarmagansan seni sevmagan erkakka suykalib o'z qadringni yer bilan bir qilayotgan oddiy foxisha.
Jimin ham Ayni damda Y/Nning ishxonasning oldiga keladi. Jimin Y/N va Lisani birga ko'radi. Tezda mashinadan tushib ular tomonga yuguradi.
Bu gapdan keyin Lisaning qoni qaynab ketadi va Y/Nga shapaloq tushirmoqchi bo'ladi Ammo Lisaning qo'lni Jimin tezlik bilan ushlab qoladi.
Jimin: Bu yerda nima qilyabsan? Uning tola sochiga zarar yetgudek bo'lsa seni yo'q qilaman deganmidim. Meni gaplarimni uqmading sheklli??
Jimin Lisaning qo'lni itarib qo'yib yuboradi va Y/Nning qo'lidan ushlab Y/Nni olib ketib qoladi.
Lisa esa bu holatda ko'zlari namlanadi. Uning yuragi yonardi. O'z qadridan va o'tmishda qilgan xatolari tufayli baxtsiz bo'lib qolganidan.
Y/N: Jimin bu yerda nima qilyabsan...?
Jimin: Ahvoling yaxshimi u sengga hech narsa qilmadmi? Ulgurdmmi. Qani ko'raychi.
Jimin Y/Nning ko'zlariga bir on termulib qoladi.
Shu payt Taehyung kelib qoladi Tae Jimin Va Y/Nni birga ko'rib qoladi.
Jimin ham Taehyung kelganini ko'radi va Y/Nning lablariga o'zning issiq lablarni qo'pol tarzda bosib Y/Nni och chiyabo'ridek o'pa boshlaydi.