July 22, 2025

𝑻𝑯𝑬 𝑱𝑼𝑫𝑮𝑬'𝑺 𝑪𝑹𝑰𝑴𝑬🖤

𝐂𝐀𝐍𝐀𝐋: 𝑪𝑶𝑺𝑴𝑰𝑪𝑪𝑶𝑹𝑬💫🌠

𝐀𝐕𝐓𝐎𝐑: 𝐴𝑅𝐴🌸❤️

𝙴𝙿𝙿 16

Jimin Y/Nni hushsiz holatda ko‘rib qo‘rqib ketadi. U darhol Y/Nni ko‘tarib mashinaga yotqizadi va uni shifoxonaga olib boradi.
Bu vaqtda Taehyung o‘z xonasida o‘tirardi.
Tae: Nega ular birga edi? Y/Nning Jiminga qanday aloqasi bor? Min Hyuk... u nega yana ozod bo‘ldi? Nega bunday bo‘layapti? Nega? Nega?!
Taehyung qo‘llarini stolga urar, xonani alg‘ov-dalg‘ov qilardi.
Jimin Y/Nni shifoxonaga olib keladi.
D: Unga nima bo‘ldi?
JM: Sayr qilayotgandik, hushini yo‘qotdi. Iltimos, yordam bering, unga bir nima bo‘lmasin.
D: Sizga kirish mumkin emas. Shu yerda qoling.
JM: Doktor...
Shifokorlar Y/Nni tekshiruv xonasiga olib kirib ketishadi. Jimin esa o‘sha joyda qotib qolgancha, faqat Y/Ndan xavotirlanardi. U Y/Nni bunday holatda birinchi marta ko‘rgan edi.

Nihoyat, shifokorlar chiqishadi.
Jm: Doktor, uning ahvoli yaxshimi?
D: Siz Y/N xonimga kim bo‘lasiz?
Jm: Sevgan yigitiman.
D: Nima? Y/N xonimning sevgan yigiti bormi?
Jm: Ha, biz uchrashamiz. Biror muammo bormi?
D: Muammo yo‘q, ammo bu xabar meni hayron qoldirdi. Y/N xonim erkaklardan jirkanardi, ulardan nafratlanardi. Faqat akasinigina hurmat qilardi. Uning hayotidagi yagona erkak — akasi ekanini bilardim. Y/N xonimning sevgani borligini eshitish meni biroz hayron qoldirdi.
Jm: Mayli, bu haqda keyin. Unga nima bo‘lgan?
D: Y/N ota-onasi tufayli shu holatga kelgan. Yoshligida otasi uning onasini Y/Nning ko‘z oldida vahshiylarcha urib o‘ldirgan. Bu hodisa Y/Nning ongida chuqur iz qoldirgan.
D: Men uni aqldan ozgan demoqchi emasman, ammo bu holat stress va og‘ir tushkunlik oqibati. U haddan tashqari charchagan. Agar holati shunday davom etsa, aqlini yo‘qotib qo‘yishi mumkin.
Jm: Uning ota-onasi yo‘qmi?
D: Siz meni hayron qoldiryapsiz. Uning sevgani bo‘lsangiz, bu narsalarni bilmasligingiz g‘alati. Y/N xonimning akasidan boshqa hechkimi yo‘q.
Jm: Y/Nning akasi bormi?
D: Siz bu haqida bilmasmidingiz? Axir uning akasini deyarli, butun dunyo taniydi. Siz qanday bilmasligingiz mumkin?
Jm: Uning akasining ismi nima?
D: Kim Namjoon. Siz bu inson haqida bilmaysizmi?
Jimin bu gaplardan keyin hayratga tushadi. Miyasida ming xil fikr aylanardi. U boshidan o‘tgan voqealar, Y/Nning suv bo‘yida aytgan gaplari, doktorning so‘zlari — barchasi bir-biriga ulanib borardi. Y/Nning haqiqatlari ochilgandi. Jimin Y/N sudiya niqobidagi yollanma qotil bo‘lganini tushunib yetadi. Ko‘zlari yoshlanib, qizarib ketadi. U Y/Ndan bunday sirni kutmagandi.
D: Janob, ahvolingiz yaxshimi?
Jm: Ha... Y/Nni olib ketsam bo‘ladimi?
D: Albatta. Faqat bir iltimosim bor. Y/N doim o‘zini aybdor hisoblagan. U kurashishdan charchagan. Iltimos, uni asrang.

Tonggi soat to‘rtlar atrofida Jimin Y/Nni o‘z uyiga olib keladi. O‘zi esa bir burchakka o‘tirib, alkogol ichib o‘ylanib qoladi. Derazadan ko‘z tashlaganida quyosh ufq ustida ko‘tarilayotganini ko‘radi. O‘rnidan turib, derazadan quyoshga qaraydi.
Bir lahza u Y/N bilan birga o‘tgan baxtli damlarni eslaydi.
FLASHBACK
Y/N: Sariq sochli mushkchamsan.
Jm: Nima? Nimalar deyapsan?
Y/N: Seni sevaman.
COMEBACK
Jimin stol ustidagi to‘pponchasini oladi. Yengil qadamlar bilan Y/Nning yotoqxonasiga kiradi. Yotoqda jim yotgan Y/Nning yoniga borib, yuragi tomon qurolni tutadi.
Tepkni bosmoqchi bo‘ladi.
Ammo shu payt yana Y/Nning ko‘zlarida unga qarab kulgani, mehr bilan aytgan so‘zlari yodiga tushadi. Qo‘llari qaltiraydi. Nafasi qisiladi.
Jimin hech narsa deyolmaydi. Baqirib yig‘lashni istaydi, ammo yelkasini og‘zini bosadi. Yuzini burib, xonadan chiqib ketadi.
U boshqa bir xonaga kiradi. Ichidagi g‘azab va iztirobni bosolmadi. Atrofdagi narsalarni sindirib tashlaydi. So‘ng burchakda cho‘kkalab o‘tirib, yuragidagi og‘riqqa quloq soladi. Jimgina yig‘laydi.

Bu paytda Amerika samolyoti Seul aeroportiga qo‘nadi. Yo‘lovchilar birin-ketin samolyotdan tushib borishardi.
X: Nihoyat... Seul. Men tug‘ilgan shahar.
Shu vaqtda Lee Do Han ham uxlamay, bir burchakda qadah ko‘targancha o‘tirgan bo‘ladi. U biroz muddat sukutda qolgach, kimningdir raqamiga qo‘ng‘iroq qiladi. Aloqa ulanganidan so‘ng, tanish ovoz eshitiladi.
Han: Alo.
X: Seulga kelganingni sezdingmi. Demak, bu safar ham jim o‘tirishga niyating yo‘q?
Han: Yaxshi yetib kelgan bo‘lsang kerak, shunga umid qilaman.
X: Hayotimda senga o‘xshagan razil insonni ko‘rmaganman.
Lee Do Han sovuq tabassum bilan kuladi.
Han: Do‘stingning o‘limi senga shon-shuhrat olib kelishini tilayman.
U shu so‘zlarni aytib, qo‘ng‘iroqni tugatadi.

Y/N pov:
– Oyi oyijon dada oyimga tegmang dada oyim hozir o‘lib qoladi
– Y/N nega bu yerlar qon
– Dadaaa yo‘q...
Y/N birdan uyg‘onib ketadi. U qayerdaligini payqamaydi. Kecha bo‘lganlarni eslashga urinadi. Ammo u faqat Jimin bilan suv bo‘yida janjallashganini eslaydi.
So‘ng xonaga Jimin kirib keladi. Jimin Y/Nga har qaraganda yuragida bir-biriga aralashgan og‘riq va tuyg‘ularni his qiladi.
Jimin: Ahvoling yaxshimi?
Y/N: Haa...
Y/N darhol o‘rnidan turadi va ketmoqchi bo‘ladi. Jimin uning yo‘lini to‘sadi.
Ularning ko‘zlari yana bir bor to‘qnashadi. Jimin Y/Nni qattiq bag‘riga bosib, indamay yig‘laydi. Y/N ham uni quchoqlab ovutadi.
Y/N: Men ketishim kerak.
Jimin: Ketmaa... iltimos...
Y/N: Jimin meni qiynama
Jimin: Seni oxirgi marta o‘zim eltib qo‘yishimga ruxsat ber.
Y/N: Sen ichib olibsan...
Jimin yuzini boshqa tomonga buradi. Y/N esa uning qo‘lini qo‘yib yuboradi va uyidan chiqib ketadi. Taksiga o‘tirib o‘z uyiga ketadi.
Aynan bugun Min Hyuk ozod qilinadigan kun edi. Neveda umuman uxlamagan edi. U faqat Y/Ndan xabar kutardi.
Nihoyat unga Y/Ndan qo‘ng‘iroq bo‘ladi.
Neveda: Alo opaaa
Y/N: Meni eshit. Hozir yoningga boraman. Hech narsadan qo‘rqma.
Jimin esa Y/N ketganidan keyin hech kim bilan gaplashmaydi. Xonada yolg‘iz qoladi. Oldingi Jimin yo‘q edi.
Y/N Nevedaning yoniga yetib boradi. Neveda uni bag‘riga bosib oladi.
Neveda: Juda qo‘rqib ketayapman.
Y/N: Hammasi yaxshi. Uning ozod bo‘lishiga soniyalar qoldi.
Min Hyukning ozod bo‘lishiga oz fursat qolgandi. Politsiya unga olib qo‘yilgan narsalarni beradi. U ozodlikka chiqqandi. O‘z mashinasida uyiga qarab yo‘l oladi. Uning telefoni o‘chgan edi. Mashinada telefonini quvvatga qo‘yib yoqadi.
Min Hyuk: Nihoyat ozodman.
– Ehhh, Neveda seni nimalar kutayapdi... Shunchalar qo‘rqoq. Mendan qo‘rqib davoni ham qaytarib oldi.
Hyukning telefoni endigina yoqqan edi, notanish raqamdan qo‘ng‘iroq bo‘ladi. U javob beradi. Ammo tanish ovozdan qulog‘iga ishonmaydi...