๐๐๐๐๐ฒ๐ ~ ๐บ๐๐ผ๐บ๐บ๐ผ๐น๐ฎ๐ฟ
๐๐๐๐๐ฒ๐ >> ๐บ๐๐ผ๐บ๐บ๐ผ๐น๐ฎ๐ฟ
๐ฑ-๐ค๐ถ๐๐บ || ๐๐: ๐๐บ๐ฎ๐๐ฎ ๐๐น๐ฎ๐ฟ๐ฒ๐ป๐๐ฒ
โช Chaqirsang jonimni fido aylayin ,
โช Go'yoki qilaman hayotga qaytish
โช Qaramay turayin goho aytayin ,
โช Senga yarashadi ismimni aytish.
โ Otlar biram yuvosh shunday emasmi ? -Amaya yonidagi amakiga qarab gapirdi.
โ Ha qizim shunday , ular senga o'rganib qolishgan , bu yerga hech kimni kiritmasam ham seni doim yo'lingni poylayman sen kelsang otlarning kayfiyati o'zgaradi bu yer nurga to'ladi.
โ Qo'ysanggizchi amaki , shunchaki bu beozor jonivorlar bo'lsa ularni ham kimdur tushinishi erkalashi kerak ahir ular ham loyiqku. Aytgancha meni rad etmay bu yerga kirgizyotganinggizga ham rahmat -Amaya sekin kulib qo'ydi.
โ To'g'ri aytasan qizim bu jonivorlarda ham jon bor mehir istashadi. Senga keladigan bo'lsa hech tortinma agar katta boshliq kimligingni so'rasa doktir kuzatishga kelyabdi deb qo'yaman vassalom -Uning bu gapidan keyin Amaya ham Dayvon amaki ham jilmaydi.
โ Foden shu yerdami ? -Amaya yoqtirgan otini so'radi.
โ Ha albatta , uni sog'lig'i yomonlashgandi doktirga ko'rindi oyog'i shikaslangan dam olishi kerak , istasang seni uning yoniga olib boraman.
โ Ohhh.... Nima bo'ldi , ko'rsam bo'ladimi ? -Amayaning bu gapidan so'ng ikkisi birgalikda othonafa kirishdi.
Bir qaraganda ozoda joy , barcha narsalar buyimlar toza va sarishta har daqiqada tozalab turishlari bilinib turardi. Ahir kimsan Kim Teahyung ning shaxsiy dam olish joyi.
Amaya's pov:
Foden joylashgan honaga kirdim ne ko'z bilan ko'rayki u oyog'i bog'langan holda yotardi ancha holdan toyibdi ko'zlaridan sezdim. Toliqgan oyog'idagi yaralangan suyak unga ozor berayotgani aniq. Sekin siladim unga chindan achinyotgandim ahir bu adolatdan emas uni kim mingan bo'lsa ham ancha toliqtirib qo'yibdi ayamay yugirtirgan bo'lsa kerak , vahshiylar ahir buni ham joni bo'lsa uni ham joni og'risa shuni o'ylashmaydimi. Foden...~ u mening eng yoqtirgan otim edi , eng tezkor eng chaqqon eng kuchli hammasidan ham baquvvat. Ammo hozir....~ u yaralangan unda avvalgi quvvatdan asar ham qoldirishmabdi.
Fodenni yonida uni silab turar ekanman honaga ya'ni Foden joylashgan bo'limga bir yigit kirib keldi qoshlari chimirilgan kirdiyu bu honada huddi men yo'qdek harakat qildi uni ortidan esa 4 ta 5 ta yordamchilar va boshqaruvchi amaki bor edi kelib ularga birma bir buyruq bera boshladi.
โ U hali ham tuzalmadimi -Hech qanday achinishsiz qahrli nigohlar bilan otda qarata so'z oldi.
โ Yo'q janob kecha siz uni minganinggizdan so'ng ancha tolib qolgan oyog'i sinibdi chamamda endi u avvalgidek yugirolmaydi. -boshqaruvchi Dayvon javob berdi.
โ Shunday deng -Teahyung bir muncha vaqt o'ylanib turdi va so'ng kiyimiga qistirilgan to'pponchani qo'liga olib tekshira boshladi , uni bu harakatini kuzatgan Amaya shoshib uni to'htatdi.
โ Nima qilmoqchisiz -ko'zlari tashvishdan kattalashib Amaya savol berdi , u chindan havotirda edi qarshisidagi odam u sevgan otga zarar berib qo'yishidan qo'rqdi.
> Teahyung boshini ko'tarib qarshisiga qaradi qoshlari birdan chimirildi ortidagi yordamchilariga ko'z tashlagandi ular ham tushindimi qizni bu yerdan olib chiqib ketishga harakat qilardi.
โ Razil , Vahshiy inson ekansiz nima qilmoqchisiz nima qilmoqchisiz o'zi , TEGMANG UNGA O'LDIRMANG -Qiz yigitning to'pponcha tutgan qo'llariga talpina ketdi. Teahyung unga qarar ekan bir soniya uni o'ldirnaslikni ham o'yladi ammo.....~
โ Iltimos unday qilmang , uni o'ldirmang.... Ahir u ham tirik jon qarang ! Ko'zlariga qarang ahir u yashayman deyabdi , uning ko'zlarida hali umid bor ko'ryabsizmi -Amaya birinchi marta kimgadur chuqur iltimos qilishi edi avval u hech qachon bu darajada pas ketib hech kimga yalinmagan , ammo hozir u majbur u qo'lidan nima kelsa qilishga majbur edi. Hatto ko'zlariga jiqqa yosh ham oldi.
> Teahyung unga qarab turdi so'ng yana ortiga nigoh tashladi , huddi ishchilarga uni olib ketmay nima qilyabsiz degandek. Ular ham uning nigohini tushinin qizni yana majburan olib keta boshladi.
โ Qo'yib yuboring!!! QO'YIB YUBORING DEDIM O'ZIM KETA OLAMAN. Vahshiylar Yuraksizlar!!! -Amaya chiqish tomon keta boshladi.
โ Chindan shuni hohlayman dedingmi , demak bajaramiz ortga yo'l yo'q -Jungkook va Sarang birga raqsga tushishardi ammo negadur Sarang bu manzaradan bahtli emasdek.
โ Raqaga tushishni hohlayman deganimda men seni nazarda tutmagandim -Sarang Jungkookga manoli nigohlari bilan boqib so'zladi.
โ Kimni nazarda tutganding anavu hezalaknimi -Chekkada ularni qovoq solib kuzatib turgan Sarangning sinifdoshiga qarata takidladi Jungkook , unga qosh qoqishni ham unitmadi albatta.
โ Hey sen! Haddingdan oshma , uni tahqirlay olmaysan -Sarang Jungkookning gapidan g'azablanib javob berdi.
โ Menga ovozingni balandlatma dedim!!! -Uning gaplaridan ham ko'zlari hamma narsani aytib turardi ushbu jumla Sarangning jim qolishiga sabab bo'ldi.
> Ular raqsni tugatib dam olish uchun dam olishardi. Sarangning qizbola sinifdoshlari albatta Jungkook ni etibordan chetta qoldirishmadi iloji boricha unga o'zlarini ko'rsatishga harakat qilardi.
โ Huh anavilarga bir qiyo boqib qo'ygin , hozir o'zlarini bir nima qilib qo'yadi. -qoshini uchirib gapirdi Sarang.
โ ahhhh *Jin ursin bir kami yosh bolalar ichida yurganim qolgandi. O'zimni huddi bolalar bohchasiga kelib qolgandek his qilyabman.
โ Voyeeey qaranga qanday qiyinchilik ekan bu , mana katta ko'cha ketaver kim ushlab turibdi.
โ Men ketsam kimlargadir ho'rak bo'lma deb qolyabman zahar tushindingmi , o'zingni o'zing himoya qila olsang jon deb ketardim. Hayotim davomida bunday zerikarli missiya olmaganman.
โ Men hech ham zerikarli emasman. -Sarangning ushbu gapidan uning hali o'smir ekani bilinib turardi shu sababli jungkook sekin jilmayib qo'ydi.
โ Nima , hali tayyorlanib bo'lmadimku.... Biz yana chiqishimizni kiyimimizni kerakli buyumlarni rejalashtirishimiz kerak.
โ Shart emas , qo'ng'iroq orqali hal qilasan. -Qat'iy buyruq berdi Jungkook , Sarang ham uning so'zlash ohangiga yengilib rozi bo'ldi.
Ular uyga yo'l olishdi , qandaydur to'siq bordek go'yo ajib qarama qarshilik g'oyibona mavjuddek , ammo ularni nimadur bog'lab turibdi boshqa bir narsa ularni birlashtri turgandek , nimadur ularni bir birining ko'zlariga so'zlariga harakatlariga bo'ysundirib qo'yyabdi. Balki bu.....~
Amaya's pov:
Aslida men uyimda yolg'iz turaman Sarangning villasining yonidagi villada , ota-onam....~ ular aslida vafot etishgan ammo meni huddi ular kabi mehribon ota-onam bor ya'ni meni asrab olishgan kishilar. Bizning oilamiz kambag'al emas o'ziga to'q oiladanman bir akam bor huddi o'zimning tug'ishgan akam kabi mehribon u hozir Amerikada 10 yildan beri Amerikada biznes qiladi ta'til va bayramlarda oilamiz yoniga uyga qaytadi va uzoq vaqt o'tmasdan qaytib ketadi uni sog'inaman chindan uni qumsayman , u ko'p shirin so'zlar aytmaydi erkalamaydi ammo mehrini harakatlar orqali isbotlaydi u shundaylar hilidan. Kulmaydi jilmaymaydi ko'p gapirmaydi qisqa va lo'nda gapiradigan inson to'g'ri biroz qattiqqo'l..... Mayli biroz emas anchagina qattiqqol doim o'z qonunlarini ustun qo'yadi va unga asoslanib ish tutadi. Ammo sevmagan.... Balki sevgandir ham , ammo buni hech qachon bizga aytmagan u hech qachon ichki hissiyotlarini hech kimsaga ochmaydi doimo yashirin va sirli Suga [ Min Yoongi ]
> Bizning oilamiz turmush tarzimiz shunday har bir kunim deyarli yolg'izlikda o'tadi. O'zim uchun o'zim kurashishga o'rgandim , his tuyg'ularni yashirishni o'rgandim. Ammo bilmagan narsalarim ko'p 18 yoshli qiz yana qanday kuchli bo'lishi mumkin ammo men qo'limdan kelganini qildim.
> O'sha otxonadagi yigit bir so'z bilan aytganda "Vahshiy" yuraksiz inson , otnixam o'ldirish mumkinmia yana to'pponcha bilan bu qurolning o'zi ham qo'rqinchli. Ahhh bo'lishi mumkin emas u uni o'ldirmadi shundaymi ? O'ldirmagan bo'lsinda.
> Bu voqea sodir bo'lgandan so'ng ertasi kuni ota onamning uyiga katta hovliga bordim bo'lgan bu hunik ishni kunlar davomida o'zimni unitishga majburladim. Mashinadan tushib sekin ichakari tomon yurdim qo'riqchilar yo'q, hech qachon qarovsiz qolmagan darvoza esa negadur bugun ochiq edi.
โ Dada....~ men keldim. - ichki uyga kirar ekanman dadamni chaqirdim.
โ Dadajon , Oyijon uydamisizlar , Qizingiz keldi - ammo javoban sokinlik. Hech qanday javob yo'q.
> Asosiy eshikdan uyga kirdim ammo.... Qurollangan insonlar qo'llari va og'izlari berk ota-onam..... Ular menga boqib turardi. Ular orasida ota-onamdan tashqari tanish bo'lgan bu inson meni yanada cho'chitdi.
5-Qism tamom etiboringiz uchun kattakon rahmat. To'g'risini aytsam ffni uzoq cho'zish niyatida emasman uzog'i bilan 18 qism bo'ladi. Shuning uchun reak va fikrlarni auamang hali eng qiziqlari oldinda.