𝗠𝗬 𝗩𝗘𝗟𝗩𝗘𝗧 𝗖𝗛𝗔𝗜𝗡𝗦
Hyunjin tashqariga otilib chiqarkan koʻzlari qonga toʻlgandi odamlarni chaqirib mashina kalitini oldi va mahfiy baza tomon ketdi.
Uy ichida qolgan Janob Jeon va uning ukasi Desung nimalarnidir maslahatlashib turishardi.
— Majlis oʻtqazish kerak Janob Daewoo ukasi Desungga gapirdi.
— 40 ta Jamoa bor , ularni yetakchilarini qisqa muddatda yigʻolmaymiz. Yana koʻplari shahar tashqarisida.
— Oʻzimiz harakat qilishimizga toʻgʻri keladi.
— Hyunjin yolgʻiz oʻzi eplaydimi ? -Sekin soʻradi Desung.
— Eplaydi Eplaydi agar eplolmasa akasi oʻladi , shunchaki unga qoʻyib bermoqchiman , nima qilarkin. -yumshoq oʻrindiqga oʻtirgan koʻyi Daewoo ukasiga tushintirdi.
— U yerda mening qizim bor , Hyunjin ning boʻynida ikki insonning hayoti turibdi.
— Shunday ekan qattiqroq harakat qiladi , qachongacha ularni boshqaramiz endi Jungkook va Hyunjin yosh bola emas omon qolishadi yoqsa oʻlishadi tanlov oʻzlarida.
Desung akasiga yana bir gap aytishga shoshilmadi balki uning ham soʻzlarida jon bordir. Balki hammasini ularni qoʻliga topshirish yahshi qarordir.
Ulkan devorlar va shunga monand ustunlar temir eshik va koʻplab qoʻriqchilar bularning bari Jeon larning mahfiy bazasini qoʻriqlardi.
Hyunjin mashinada kelar ekan eshik yonida turgan qurolli soqchi uni tanigan zahoti boshqalarga habar berdi va hech qanday soʻssiz eshiklar ochildi.
Ikki qavatli bino yertola bilan jami 3 qavatdan iborat edi , ular koʻpincha ishlarini yertoʻlada olib borishgan. Shuning uchun Hyunjin toʻgʻri oʻsha tomon bordi.
— Yigitlarga habar berlaring bu itlarga egalarini tanitamiz. Qutirishni boshlashibdi.
Barcha oyoqga turdi katta hoʻjayin havf ostidaligini eshitiboq ular sergak tortib ulgirishgandi.
Hyunjin boshchiligida 10 ga yaqin mashina oʻrmon yoniga toʻhtadi barcha guruhlarga boʻlinib Jungkook ni izlay boshlashdi ulardan biri mashinani topgandan soʻng boshqalarga habar berib ular ketgan tomonga harakatlanishdi oʻsha tashlandiq bino ichiga kirar ekan hamma yer suv quygandek jim jit edi.
Sekin asosiy eshik tomon borishdi va bino hovlisiga kirishdi bu yerda urush boʻlgandek jasadlar bir birining ustida ham yotardi. Hyunjin biroz havotir oldi uni akasi yolgʻiz edi barini eplay olganmi yoʻqmi nomalum.
Bino ichiga tahlanib turgan odamlar yugirib kirishdi ularga Hyunjin boshchilik qilardi. 2-qavatga chiqishganda ular Jungkookga duch kelishdi , kiyimlari toʻliqligicha qon yerda oʻtirardi ammo atrofida 10 lab jasadlar u qiynalgani aniq yolgʻiz oʻzi bularga chidagani biroz qoʻrqinchli. Qoʻli bilan yaralarini ushladi va ogʻriqdanmi gʻazabdanmi baqirdi.
— Aka -Hyunjin sekin Jungkook tomon yaqinlashar ekan uni chaqirdi.
Jungkook boshini koʻtarib qarashi bilan qoshlari chimirildi.
— Keldim aka , keldim ertaroq kelmaganim uchun kechiring.
— Tushintiraman ammo hozir ketishimiz kerak.
— U , u qolib ketdi -Jungkook qorin boʻshligʻini ushlagan koʻyi tura boshladi.
— Aka nima qilyabsiz odamlarga aytaman kim boʻlsa ham olib ketishadi.
— U meni ovozimsiz tashqariga chiqmaydi.
Jungkook qiynalib boʻlsada eshik tomon bordi uni ushlab qizning ismini takidladi.
— Chiqishing mumkin , hammasi tugadi uyimizga ketamiz.
Bir soniya oʻldim deb ham oʻyladim ketma ket oʻtilayotgan oʻqlar ovozi yerga oʻlik jasad qulaganda chiqgan ovoz bular bir marta emas qayta qayta eshitilaverdi , ulardan biri Jungkookga tekgan boʻlsachi yerga qulagan jasadlardan biri Jungkook boʻlsachi men shundan qoʻrqardim. Lekin jimib qoldi ular men tomon kelishyabdimi ? Endi men ham oʻlamanmi ? Shu hayollar meni yeb bitirardi. Menimcha koʻz yoshlarim ham qolmadi koʻzlarim shishib ketgani aniq , ammo eshik taqillab uning ovozi eshitildi U oʻlmabdi..... U menga hech qayerga chiqmaslikni faqat u kelsa u mumkin desa eshikni ochishimni taʼkidlagandi. Menimcha chiqsam boʻladi.
Koʻrgan manzaramdan qotib qolgandim qarshimda chala jon boʻlib Kelgan Jungkook turardi qoʻllari qon usti boshi qirmizi qon rangiga boʻyalgan yerda esa son sanoqsiz jasadlar. Qoʻllari qaltirab qon qoʻllari bilan sochlarimni silab sekin kuldi hattoki yuzida ham qon dogʻlari turardi oy yorugʻida bu holat biroz qoʻrqinchli ammo u bilan emas. Qoʻllarini yuzimga olib bordi qon qoʻllari yuzimni silardi shu vaqt yigʻlab yubordim huddi u oʻlim oldidan hayrlashayotgandek edi. Qoʻllarini ochib qonli bagʻriga meni bosdi , ammo u ohirgisi boʻlishini sezgandek qattiq quchdi men sezdim uning bagʻridan qon otilib sizib chiqa boshladi u tugab borardi , bir necha soniya meni shunday quchdi sekin yerga yiqildi men ham u barobar egildim.
— Kechir oltin sochlaringni qon qilib qoʻydim.
Boshimni "yoʻq" degandek silkidim.
— Ular menga yoqardi oltin sochlaring ular shunday qolsin maylimi... Men uchun ularni oʻzgartirma.
— Aka bas qiling ketamiz. -Hyunjinni koʻngli gʻash boʻlib gapga aralashdi.
— Hyunjin unga koʻz quloq boʻl maylimi ? Sochlariga tegmasin.
— Tegmaydi aka tegmaydi , qachon bunaqa sevishga ulgurdingiz a qachon telba boʻldingiz.
— U telba boʻlishga arzir edi -Sekin lab uchida jilmayib koʻzlarini yumdiyu qaytib ochmadi.
Sunny qotib qoldi koʻzlari har tomonga oʻynab uni turta boshladi.
— Jungkook Jungkook turing , uyga ketamiz degan edingiz nega endi yotib oldingiz turing hazllashmang Jungkook JUNGKOOK....
Kasalxonaning sovuq karodori , Jungkook operatsiya honasiga kirib ketganiga naqt 8 soat boʻldi 3 ta oʻq uni terisini yorib oʻtgandi 80% oʻlim kafolatlangan jarrohlik amaliyoti edi u.
Sunny stulga oʻtirgan koʻyi bir nuqtaga tikilib turardi. Yarim tun chamasi 3 lar atrofida edi.
Hyunjin kiyimini alishtirisj uchun uyiga bordi , uy deyarli zim zimiston edi hamma uhlahanini bildimi ularni uygʻotishni istamadi. Ulkan mehmonxonadan oʻtib tepa qavatga chiqib ketayotgan vaqti:
— Kechirasiz , siz Hyunjinmisiz.
— Meni opamni yoniga olib borolmaysizmi ? Ulardan havotir olyabman balki yordam kerakdir.
— Yigitlarga ayt olib borishadi.
— Shunchaki ayt sen boshliqni qizisan aytganingni bajarishmasa boshlari ketadi.
Shunchaki Hyunjin uni hohlamagandi , bu qiz umuman unga yoqmagandi u Amayani hushlamadi.
Bu yigit gʻalatiroqmi gapirish tonini aytmasayam boʻladi huddi men uni dushmanidek. Qoʻriqchilardan biriga meni kasalxonaga olib borishlarini soʻradim , mashinada ketar ekanman yuragim negadur gʻash boʻldi huddi opamga nimadur boʻlgandek
Yetib kelib ichkariga kirdim Jeon Jungkook hali ham operatsiya honasida ekan menimcha opam oʻsha yerda uni kutib oʻtiribdi , karidoʻr boʻylab yurdim va nihoyat topdim ham ammo bu u emas uning arvohdek usti boshi , yuzi ham biroz qon edi yoniga borib qoʻllaridan ushladim.
— Opa nima boʻldi ? Bu nima ahvol ?
U hattoki menga qarab ham qoʻymadi koʻzlarini bir nuqtada ushlashda davom etyabdi.
— Usti boshingizni qarang qanchadan beri shu yerda oʻtiribsiz ? Hozir tong otadi oʻzingizga kelib oling.
Yana javob yoʻq , unga nima boʻldi oʻzi....
Jungkook 3 kun koʻmada yotdi Sunny har kuni kelardi huddi u har daqiqada uygʻonib qoladigandek edi u uchun , Hyunjin odamlarni soʻroqlash bilan band. Jeonlar esa oʻz ishlari bilan Jungkook ning dadasi 40 ta Mafia jamoasini boshqarardi unda hammaga qaraganda koʻproq ish bor. Amaya yigiti bilan ovora Munseok undan yana onasi uchun pul soʻrayabdi ammo hozirgi vaqtda qiz ota onasidan koʻp pul ololmaydi Jungkookni ahvoli ogʻir hech kimni koʻngliga pul sigʻmasdi.