Issues
Ovozing sehirli , ovozing malham....Eshitgach quvonmay turmoq qiyin ishHatto jahl bilan chaqirganda hamSenga yarashadi ismimni aytish....
Erta tong qizlar esa hali hamon uyquda , Jungkook esa erta tondan turib yugirishga chiqgan uyga qaytib kirar ekan kechagi Jungkookdan hozirgisi ancha farq qilardi zamonaviy va yangi Sport kiyimi ko'p yugurib terlagani boyis yaltirab turgan tana bu umuman boshqa odamdek go'yo.
β *Jin ursin Jungkook til uchida so'kinib honasi tomon yurdi , biroz vaqtdan so'ng usti boshini alishtirib chiqdi , old money uslubida tanlangan kiyim va qora ko'zoynak ajoyib kontrast hosil qilgandi ishonib aytish mumkinki bu yigitga oshiq bo'lmagan qiz qolmagan bo'lardi.
Sarang o'rnidan turib zinalardan sekin pastga tushardi:
Sarang's pov:
Uyqudan turishim bilan o'sha yoqimsiz yigit men bilan bir tom ostidaligini eslab kayfiyatim buzildi. Noiloj o'rnimdan turib yuvinmasdan uyqu kiyimida pastga tushdim men uni hali uyg'onmagan deb o'ylab adashibman pastdan g'alati ovozlar kela boshladi , birinchi qavatga tushganimda chindan hayron qoldim , bir muncha vaqt men adashyabman deb ham o'yladim turilgan ko'ylak yengi qiymadi chamamda 300.000 $ turadigan soat ko'ylak ichidan bilinib turgan mushaklar bu boshqa inson edi.... Bir necha daqiqa unga shunday qarab turganimni sezmay ham qolibman.
Uning ko'zlari meni ustimda bolganidan biroz hijolat tortdim , haliyam uyqu kiyimidaligim endi yodimga tushdimi shoshgan boyi ikkinchi qavatga honamga yugurdim , ichkariga kirib biroz nafas rostlaganimni bilaman u shunchaki oddiy odam emasligini endi tushingandey edim kecha nimalar qilmadima nimalarrrrrrrr *Jin ursin barchasini lanatilaaaaaaaar hozir o'zimni ham anglolmayotgandek edim unga haqoratomuz gaplarni gapirib katta hato qilmadimmi.....
Amaya ham shu vaqti yo'q bo'lib qoladi , bu qiz qayerlarda yuribdi meni yolg'iz qoldirib doimgidek otlarini yoniga ketgan bu lanati. Qo'ng'iroq qilishim kerak....
β Amayaaaa sen qiz qayerdasan o'zi ?
β Yanami ? Yana otlarni yoniga boryabsanmi ?
β Sarang qo'ysangchi menga ular yoqadi.
β Bu yerda nima bo'lyotganini bilmaysanda sen qiz , bemalol otlaringni ovqatlantiraver.
β Saraaaang hozir velosiped boshqaruvini yo'qotaman qo'ng'iroqni qo'yyabman hayr go'zalimmm.
Amaya velosipedini haydashda davom etdi , u otlarni yahshi ko'radi ammo o'zi hali ularni minib ko'rmagan ammo kelajakda o'ziga shahsiy ot sotib olishni va unda uzoq uzoqlarga ketishni keng yaylovlarda sayr qilishni hohlaydi , bu otxona juda katta bo'lib Amaya va Sarang joylashgan villadan biroz uzoqda , shu sababli ham Amaya doim erta tongda ularni ko'rish uchun velasipedda boradi. U yerning boshqaruvchisi bilan ham yahshi chiqishib olgan u amaki ham juda mehribon bo'lib Amayaning bu yerga kelishiga hech ham qarshilik qilmasdi.
Vanihoyat yetib keldim bu yer juda go'zal tasvirlab bo'lmas darajada insonni o'ziga tortadi. Sekin ichkariga kirdim , bu yerda keng maydon bor ot lar bemalol yugirishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan otxona juda katta ediki men ichki yo'laklari bo'ylab velasiped haydab o'tardim , sekin velasipeddan tushdim va to'siq tomon keldim. Meni tanidimi Fara yonimga yugirib keldi , "Fara" bu meni yoqtirgan otlarimdan biri , sekin uning yunglarini silab gaplashdim:
β Sabzi yeging kelyabdimi -Velasiped savatidan ikki sabzini olib uni ovqatlantirdim. U juda uchqur va yahshi ot edi hech qachon uni kimgadur ziyon yetkazganini ko'rmaganman.
Otlarga uzoqdan boqib turardim , ammo bir yigitni bu ko'zlarim tez payqadi u otni shu darajada mukammallik bilan qo'lga olgan ediki tan bermasdan iloji yo'q , men juda hayratda edim huddi chaqmoq kabi tez va uchqur , ot ham unga monan bir tezlikda harakat qilardi huddi ular so'zlarsiz suhbatlashayotgandek. Unga boqim ortimdan kelgan amakini ham sezmay qolibman.
β Qizim yana senmi -amaki yuzida iliq jilmayish bilan menga savol berdi.
β Ha amaki yana men , otlarni ko'rgani kelmasam o'zimni aybdordek his qilaman -men ham o'ynoqi tabassum bilan javob berdim.
β Yahshi , hayvonlarga mehribon bo'lgan inson qalbida kiri yo'q inson hisoblanadi. -Uning bu iliq so'zlarini tinglab yana sal avvalgi yigitga nigohimni tashladim buni amaki ham sezdimi tezda meni savolga tutdi.
β Juda yahshi shunday emasmi -U ham men qarayotgan tomonga boqib savol berdi.
β Ha yahshi ham gapmi , chamamda u mukammal harakatlanmoqda.
β Undan mukammallikni kutmaslik ham hatoda aslida -Amaki sekin kulib javob berdi.
β Nega ekan , u shunchalar mahoratlimi ?
β Balki... Ammo u qaytib keldi ancha yil oldin Koreani tark etgan inson qaytdi , bu yerlar ham unga tegishli barchasi. -uning gaplariga biroz o'ylanib qoldim nigohimni yana o'sha yigitga olib bordim.... Biroz sirli yuzi ham anniq ko'rinmaydi ammo bilinardi uning shunchaki oddiy inson emasligi. Ko'nikishim kerak chunki hali u bilan ancha ko'rishamiz chamamda.
Sarang tayyorlanib pastki qavatga tushdi va Jungkookni qidirdi. Ammo u yo'q uni tashqarida deb o'ylab hovli tomon yurdi tahmin qilganidek u Sarang ni mashina yonida kutib turardi. Jungkook Sarang ni ko'rishi bilan orqa eshikni ochti va unga ko'maklashdi.
Haydovchi o'rindig'iga joylashar ekan old oynadan ko'z tashladi , bu sukutni buzishni esa Jungkook o'z qo'liga oldi.
β Tanishib olsak -Uni eshitib Sarang ham oynadagi uning ko'zlari aksiga boqdi.
β Endi hammasi boshqacha bo'ladi , meni qoidalarimga asoslanib o'ynaymiz zaharcham tushinarlimi. Menga o'yin qilaman deb o'ylay ham ko'rma ishon bu o'yin ichida o'zingni shunday adashtirib qo'yamanki bu o'yin boshqaruvi menga o'tganini sezmay ham qolasan. 10 yil umrimni jinoyat olamiga sarfladim ishonaver seni mendan yahshiroq himoya qiladigani topilmaydi bu annqi. Meni tushinding deb o'ylayman zaharcham okey.
β Endi men gapirsam -Uni tingla turgan Sarang tilga kirdi.
β Shart emas , men senga hali gapir demadim.
β Men ruhsat so'raganimni eslolmayabman. Men gapiraman siz eshitasiz. Sarang Park 12 sinf o'quvchisi , dadasining yolg'iz qizi ishoning men hohlagan narsa doim bo'lgan erishmagan narsamning o'zi yo'q , hohladimmi u albatta meniki bo'ladi aytgancha meni himoya qilishdan boshqa chorangiz ham yo'q bunga majbursiz siz ham meni yahshi tushindingiz deb umid qilaman.
Jungkook javoban shunchaki miyig'ida jilmaydi va ko'zoynagini taqib yo'lida davom etdi.
Mashina makta yonida to'htar ekan Jungkook sekin oynadan tashqariga qaradi sekin chekkaroqda to'htab mashinadan tushdi ko'zlarida hali ham qora ko'zoynak , orqa o'rindiqdan Sarang tushar ekan Jungkook unga huddi honimlardek muomila qilardi.
β Mashinani olib o'ting -Jungkook mashina kalitini qo'riqchilarga tutqazi o'zi esa Sarang bilan maktabga kirdi.
Yo'lak bo'ylab ko'p qizlar ularni kuzatdi albatta bu Jungkook sabab , Sarang ning maktabda deyarli do'stlari yo'q edi albatta Amaya dan boshqa sababi Sarang o'ta injiq felli qiz va uni tilini topish hammaga ham emas edi.
Hozirgi kunda Sarang ning ohirgi haftasi darslar deyarli bo'lmaydi barcha bitiruv kechasiga tayyorlanish bilan band shuning uchun Sarang birinchi bo'lib maktabning raqs zaliga bordi.
β Bolalar hamma juftliklarga bo'linsin , vals ga tayyorlanamiz.
Shunday qilib barcha o'ziga juft tanlashga tayyorlana boshladi. Sarang ning yoniga taklif berish uchun kelishgan bir yigit yaqinlashdi ammo Jungkook uni ko'ksidan itarib ortga itardi.
β Sarang honim raqsga tushmaydi.
β Nega ekan ? -Haligi yigit tilga kirdi.
β Nima sen uni boshlig'imisan buyriq beradigan ? Sarang o'zing bir nima de chindan raqsga tushmaysanmi ?
β Nega tushmas ekanman , albatta tushaman -Sarang ham atay qilgandek jiddiy gapirdi.
β Shundaymi Sarang honim, raqs bo'lsa raqs o'zim senga o'rgataman , har bir harakati yodingda qoladi ishonaver.