Issues
"Issues "
Shamol bilan olisholgayman ! Agar soching o'ynasa....)
3-Qism [ Asosiy ]
Jungkook kampaniyani tark etarkan unga Janob Park ning yordamchilaridan biri sherik bo'lardi. Mashinalar turargohiga yetib kelishganda Jungkook shuni tushindi *bu yer kambag'allar ning joyi emas mashinalar turargohidagi deyarli barcha mashinalar so'ngi rusmdagi bo'lib hech biri arzon emasdi.
Yordamchi Jungkookni belgilangan mashina yoniga olib borgandan so'ng tanishtirdi.
β Marhamat , mana shu mashina.
β Yahshi... -Jungkook shunday deb mashinani sinchiklab tekshirdi va yordamchi tomon qarab:
β Kalit -Jungkookning bunday deyishini kutmagan yigit shoshib qoldi va kalitni qidirishga tushdi kalitni qo'liga olib qarshisidagi yigitga qarar ekan Jungkook bir qoshini ko'tarib nimani kutyabsan ? Degandek imo qildi.
β Bundan buyon honiminggizni men olib borib olib kelaman buni Janob Parkga ham aytsangiz bo'ladi -Jungkook so'zlarini tugatib kalitni osmonga otib ilib oldi va borib rulga o'tirdi. Yordamchi yigit ham borib bosh o'rindiqga o'tirdi.
Ular birga Park Inho ning qizi Park Sarang ning yoniga ketishayotgandi. U yani Park Sarang hususiy maktabda o'qiydi hozir bitiruvchi sinf o'quvchisi maktabidagi barcha o'quvchi nufuzli oila farzandlari hisoblanadi , Sarang maktabidagi eng go'zal qiz edi va shu tarafi bilan mashhur ham edi. Uni kuzatadigan sevgi izhor qiladigan bolalar talaygina maktabida ham maktabdan tashqarida ham.
Jungkook qizni tekshirdi unda ajib maftunkor jilmayish bor edi huddi kulganida quyosh ham undan uyaladigandek. Qiz sekinlik bilan ular tomon yaqinlashdi yonida dugonasi ham bor edi.
β Salom , ketdikmi ? -Qiz kelishi bilan nega haydovchi bugun boshqacha bolib qolganiga tushinmay savol berdi.
β Sarang honim.... -siz otangizdan tansoqchi so'ragan ekansiz , otangiz uni bugun yonladi marhamat tanishing Jeon Jungkook.
Qiz biroz hayron qoldi yigitda o'tkir nigoh bo'lsada uning ustki boshi o'ta achinarli ahvolda edi ahu sababdan ham Sarang uni biroz mensimadi. Ko'z qiri bilan uni kuzatib qarshisidagi yigitga nigohini yana olib o'tdi:
β Men otamdan meni qo'riqlash uchun kuchli , baquvvat jiddiy va o'z stili ga ega bo'lgan tansoqchi so'ragandim ammo bu.... , Yo'q Yo'q menga kerak emas men dadam bilan gaplashaman uni yonimda ko'rgan do'stlarim qo'rqish o'rniga ustimdan kulishadi ahir.
Jungkook o'ylardi agarda hozirb u ust boshini alishtiri kelganda anniq bu qizning asl yuzini ko'rolmasdi hozir esa yaqqol bilinib turibdi , uning takabbur va man manligi.
Sarang yonida turgan dugonasi Amaya ga qaradi va qoshini chimirib sen nima deysan degan manoda qosh qoqdi.
β Sarang nimasi yomon , tuppa tuzik yigit bo'lsa amakim bekorga uni yonlamagandir hali ko'raylikchu bizga qo'l keladi.
β Amaya.... -Sarang dugonasiga qarab qoldi.
β Ishon dugonajon manashu feling bilan sen ko'chadagi itni ham tuppa tuzik odam deya olasan. Unchalik ham sodda bo'lmasangchi , qaragin u meni himoya qila oladimi....
β Huddi yoningda u yo'qdek gapirmasangchi hafa bo'ladi ham demaysana -sekin dugonasini chetga olib Amaya u bilan gaplashardi.
β Sarang kel uni sinab ko'ramiz , bir ikki sinovimizdan o'tsa qabul qilasan agar o'tolmasa shunchaki haydaysan qo'rqma amakim konadi.
Sarang noilojlikdan rozi bo'ldi va mashina yoniga qaytib keldi. Jungkook mashina o'rindig'iga o'tirar ekan mashina oynasidan ortda o'tirgan qizga ko'z tashladi.
Mashina katta terassa bo'ylab tekkis harakatlanardi atrof ham huddi shunga monan tinch va sokin. Ular katta bir ko'chaga yetib kelishdi bu oddiy ko'cha emasdi bu kochada faqat badavlat odamlarning uylari qad rostlagan bo'lib ular orasida Sarangning ham villasi bir edi.
Ular mashinadan tushishdi va narsalarni olib ichkariga kirishdi.
β Sarang honim otangiz Jeon Jungkook yani shaxsiy tan soqchingiz ham siz bilan qolishi kerakligini aytdi. U bugundan boshlab shu yerda yashaydi.
β NIMA , ASAB TOMIRLARIM BILAN O'YNASHISH SIZNING SEVIMLI MASHG'ULOTINGIZMI DEYMAN. Qanaqasiga u men bilan qoladi.
Albatta Jungkook ni u bilan qolishini eshitib Sarang asabiylashdi. Chunki Sarang shuncha yildan beri bu villada yolgiz yashardi sababi shundaki hech kim bu chekkani qidirmaydi otasining dushmanlari ham uni topolmaydi bu mahalla boyvachcha chet elliklarning villalari joylashgan mahalla edi.
β Sarang honim bizni ham tushining otangiz shuni hohladi , uni gapiga qarshi chiqolmaymiz.
β Shu yerda qol , men chiqib honamga kirmagunimcha uyga kirma uqdingmi. -Jungkokga qo'lini niqtab gapirdi va tepa qavatga chiqib ketdi. Jungkook esa o'z honasi tomon yurdi.
Sarang's pov:
Nega bundaya nega ? Otam nega bunday qildi o'zi. Bu takasaltang bilan bitta uyda qololmayman yoq... Qololmayman.
Sarang shunday deb telfonini oldi va Amayaga qong'iroq qildi , Amayaning villasi ham Sarang joylashgan villadan keyingisi esi ular orasida 5 10 metrcha masofa bor holos.
β Aloo... Amaya tezda meni yonimga kel!
β Sarang qoysanchi charchaganman , yuvinmoqchiman kel keyinroq gaplashamiz.
β Yo'q! Amaya meni hafa qilyabsan , men senga tezda kel dedim , anavu sen meni olishga majburlagan tansoqchu meni uyimda tunarkan. Sen bugun menikida qolasan tezda kel.
β Nima chindanmi ? -telefon orqasidan Amayaning kukgusi yangradi. β Sarang shunga nima qilibdi u seni yermidi.
β AMAYAAAAAA KEL DEDIM SENGAAA -Ohir oqibat Sarang yorildi uni bu qichqirig'ini eshitgan qiz qanday qilib dugonasining eshigi tagiga kelib qolganini sezmay ham qoldi.
Amaya Sarangning honasiga kirar ekan savol berdi.
β Nega ching'irasan , nima bo'ldi o'zi ?
β Aytganimdek u endi men bilan yasharmush , sen ham endi men bilan qolasan.
β Sarang... Qara meni o'z uyim o'z oilam bor , ko'nikib ketishga majbursan men doimham sen bilan bo'lolmayman.
β Ammo sen yolg'iz yashayabsan erkin va bemalol a menchi ? Manabu yoqimsizni olib kelib qo'yishgan. Yo'q Yo'q Yo'q men bunga chidab turolmayman ertagayoq dadamga borib uni ishdan bo'shattirama.
β Nima Sarang , Nima Sarang swn meni tushinmayabsan ahir qanday qilib u va men .... -Sarang borgan sari asabiylashardi.
β Kel dugonajon sal avval aytganimizdek uni sinaylik keyin bir qarorga kelamiz , maylimi.
β Sen uchun ko'ndim , qaragin agar nimadur bolsa
β Hech narsa bo'lmaydi Sarang bolmaydi , tushindingmi endi ovqatlan va yuvinib chiq so'ng yotib uhla maylimi , bularni kop ham o'ylayverma.
β Uni sinab ko'rish uchun nima qilsam ekana.... Nima qilsam u tovbasiga tayanadi , nima uning qo'lidan kelmaydi menga shu kerak....
β Bilmadim , shunday narsa o'ylaki u o'zini o'rsata olsin agar uddalay olmasa shunchaki ketadi.
β TOPDIM! Anavi yigitlar esingdami ? ..... -Sarang Amayaga g'oyibona jilmayi qaradi uning gapini Amaya ham tushindimi "Yo'q" iborasida boshini qimirlatdi ammo Sarang buni aksi u o'ylagan ishini albatta qilardi.