July 8, 2025

𝗠𝗬 𝗩𝗘𝗟𝗩𝗘𝗧 𝗖𝗛𝗔𝗜𝗡𝗦

"You are my velvet chain, baby"

3-Qism

Meni hozirda tashvishlantirayotgan narsa bu uning qorin boʻshligʻidagi yara edi yugirar ekanmiz oʻq tekgan joydan toʻhtamay qon oqardi. Uning ham koʻzlarida tashvish va qoʻrquv yaqqol koʻrinib turibdi.

— Telefoning bormi ?

— Yoʻq mashinada qoldi.

— Jin ursin meniki ham u yerda, yaqin atrofda tashlandiq bir bino boʻlishi kerak oʻsha yerga boramiz. Soʻng telefon topib yordamchi kuch chaqiramiz.

Jungkook's pov:
Avval hech qachon bunday vaziyatga tushmaganman , hech qachon qoʻrquvni bu darajada aniq his qilmagandim , u yonimda ekan tavakkal qilolmayman ikkimizni ham hayotimizni havfga qoʻyolmayman. Yolgʻiz boʻlganimda nima qilib boʻlsa-da bu marazlarni gumdon qilgan boʻlardim.

Qorongʻu oʻrmon oralab ketayotgan juftlik qarshisidan katta ammo tashlandiq bir bino chiqdi tashqaridan qaraganda biroz qoʻrqinchli ham ulkan devorlar singan oynayu tartibsiz oʻsgan oʻt oʻlanlar.

— Ortimdan kel ichkarida nima borligini hech kim bilmaydi. -Jungkook qizga buyruq berardi.

Ulkan darvoza qiya ochildi ichkariga kirishar ekan oy ularning yoʻlini yoritardi , ichkariga kirishdi va:

— Olov yoqishimiz kerak , lekin undan oldin bunga mos hona topamiz derazalari yoʻq boʻlishi kerak olov yorugʻi koʻrinmasligi uchun.

Ular pastgi qavatdan biroz ichkariroqda huddi shunday hona topishdi u yerda deraza juda kichik va hona chetida joylashgan edi hona chetida bir yumshoq kreslo va stul bor.

— Shu yerda tur men olov yoqish uchun nimadur olib kelaman. -Jungkookning yarasi tobora yomon ahvolga kelardi yuz koʻzi arvohdek oqarib ketgan yigit huddi oʻz erlik vazifasini bajarishga majburdek harakat qilardi u Sunnyni chinakamiga himoya qilmoqchi edi ammo bu yoʻlda u oʻz sogʻligʻini deyarli yoʻqotdi.

Jungkook honaga qaytar ekan qoʻlida biroz katta temir idish va oʻtinlar uni kreslo yoniga qoʻydi va choʻntagidan yondirgichni olib olov yoqdi endi bemalol oʻtirsa boʻlardi. Undan oldin borib eshikni mahkamladi ichkaridan qulflab bir shkafni surib qoʻydi. Yumshoq kresloga oʻtirar ekan yuzi burishdi agar yana biroz shu ahvolda qolsa anniq hushidan ayriladi balki oʻlishi ham mumkin.

— Koʻp qon yoʻqotyabsiz.

— Chidayman , chidashim kerak.

— Yarani bogʻlash kerak , uni ichida oʻq ham bor. -Qiz oʻzini gapidan choʻchib ketdi qanday qilib ichida temir bor odam tashayotganidan tajublandi u.

— Sen ham qoʻrqdingmi. -Yigit jarohat haqida biroz unutishga chalgʻishga harakat qildi.

— Bunday vaziyat menda birinchi marta boʻlishi ochigʻi nima qilishni bilmay qoldim.

— Shunchaki menga ishon , barchasi shu. -Jungkook qornidagi ogʻriqdan biroz yuzini burshtirdi.

— Agaa....r hohlasangiz uni men bogʻlab qoʻyishim mumkin , shifokorlik ga 2 yil oʻqiganman ishonsangiz boʻladi.

Jungkook javoban bosh silkib qoʻydi va yahshlab suyanib koʻzlarini yumdi. Sunny oq koʻylagini bir deganda pastgi qismini yirtib oldi va uni bogʻlashga tayyorladi , sochidan ingichka soch qisqichini olib uni ham matoga artdi. Sekin kelib yumshoq kreslo yoniga stulni qoʻydi oʻrnidan turib:

— Boshlayapman -Jungkookga habar berib qoʻydi.

Sekin qoʻllarini uning oq koʻylagiga olib oʻtdi va tugmalarini yecha boshladi. Yechib boʻlib shuni koʻrdiki butun qorin boʻshligʻi qonga boʻyalgan badani esa terlab olov nurida jilovlanib turibdi , Sunny ingichka soch qisqichini olib yaraga yaqinlashdi.

— Hozir biroz ogʻriydi -Yigit endi koʻzlarini ochib qarshisidagi qizga qaradi.

— Tezroq iloji bormi -yigit butkul oqarib ketgan lablari bilan aytdi.

— Qoʻlimdan kelganini qilaman.

Sunny shunday deb qisqich bilan oʻqni oldi bu bir necha daqiqani oldi oʻq butunligicha kirmagan ammo ancha muncha qon tomirlarini kesib oʻtgan. Oʻqni olib boʻlgandan soʻng uning ustiga bir mato qoʻydi va boshqasi bilan uni bogʻladi.

Ishni bitirib qoʻliga qarar ekan qoʻllari qon boʻlib ketgandi hona chetidagi suv chiquvchi quvur yoniga bordi va qoʻllarini yuva boshladi.

Jungkook esa ogʻriq biroz oʻtib ketganidan oz boʻlsada oʻziga kela boshlagandi. Sunny yoniga qaytib kelarkan:

— Meni dorimni qachon berasan ?

— Qanday dori ? , afsuski bu yerda dori yoʻq.

— Boʻsani aytyabman , meni ogʻriq qoldiruvchi dorimni.

— Nima...?

Jungkook uni tizzasiga olib oʻtdi va avval koʻzlariga soʻng lablariga qaradi boshi ortiga bir qoʻlini oʻtqazib ikkinchisida yuzini ushladi.

— Jungkoo..ok bu hato.

— Er xotinlar oʻrtasida bundan kattasiyan hato hisoblanmaydi burch hisoblanadi malagim.

Yana nigohini uning lablariga olib borar ekan sekin yaqinlashdi. Soʻngra lab boʻyogʻi tufayli pushti tus olgan dudoqlar ogʻriq taʼsirida qordek oqarganlari bilan tutashdi. Qiz biroz dovdirab qoldi u hattoki buni qanday qilishni ham bilmasdi. Uzoq davom etgan boʻsani qizning qoʻllari yigitni koʻksidan itaryotganda uzildi chunki unga nafas yetishmay qolgandi. Qiz sekin turmoqchi edi ammo yigit bunga yoʻl qoʻymadi.

— Men turishim kerak.

— Qayerda uhlamoqchisan ? Bu yerda bu kreslodan boshqasi yoʻq. Qaysarlik qilmay koʻksimga boshingni qoʻy va uhla men baribir uhlamayman ular har daqiqada kelib qolishi mumkin.

Yarim tun Sunny seskanib uygʻonib ketdi koʻzlarini sekingina hohlamay ochdi va yon atrofga qaradi Jungkook bu tun uhlamagani aniq u derazadan sigara tutatib turardi sigaret uning sogʻligʻi uchun zarar balki qorin boʻshligʻidagi oʻq olib tashlangandir lekin sigara oʻta zarar aynan hozirgi daqiqada bu narsa uni oʻlimgacha olib borishi mumkin.

Sunny sekin oʻrnidan turdi va Jungkook tomon yaqinlashdi.

— Sizga mumkin emas -qiz qoʻli bilan sigara ha ishora qildi.

— Ogʻriq qoldiruvchi vazifasini yahshi oʻtayabdi.

— Ammo keyinchalik bu oʻlimga olib keladi yara uchun zararli.

— Yahshi Jeon honim -Jungkook shunday deb qoʻlidagi sigaretni yerga tashlab oyoq kiyimi bilan bosdi.

— Endi nima boʻladi ? Ketamizmi ?

— Yoʻq hali emas.... Ular hali shu yerda hali ular kelishadi men ularni kutyapman -Jungkook shu gapni aytib derazadan yana tashqariga qaradi.

* * *

Ulkan eshik tomon yaqinlashgan yigit sekin taqillatdi:

— Odob yuzasidan uyga ruhsat soʻrab kiriladi garchi u seniki boʻlsada.

Ulkan temir darvoza asta sekinlik bilan ochildi qoʻlida qurol ustida foʻrma boʻlgan erkak qarshisidagi yigitni koʻrib hayron qoldi joyida bir soniya muzladi ham.

Hyunjin

— Janooo...b -Qoʻriqchi yigit nima deyishni bilmasdi , toʻgʻrida turgan yigit hoʻjayinining kichik oʻgʻli boʻlib 2 yil oldin daraksiz yoʻqolgan uni bir vaqtlar oʻldi deb ham oʻylashgandi ammo mana koʻrib turibdiki u tirik avvalgidan ancha oʻzgarib qaytgan.

Hyunjin qoʻriqchini chetlab oʻtdi va ichkariga kirdi , oʻziga ancha tanish boʻlgan ulkan qoʻrgʻonning bir ikki narsasini aytmaganda hali ham oʻsha oʻsha edi.

Asosiy uy eshigi yoniga yetganda koʻz oynagini toʻgʻirlab eshik tutqichini tortdi. Mehmonxonada Janob Jeon va ayoli birga suhbat qurib oʻtirardi Hyunjin tushindiki ular yolgʻiz emas yonida mehmonlari bor.

— Bolalardan habar yoʻqmi -janob Jeon ukasiga qarata gapirdi.

— Bilmadim buni sizdan soʻraymiz Sunny baribir qiz bola u hech nima aytmaydi.

— Menimcha qoʻngʻiroq ham qilishmadi , bu yerga yigʻilishga kelishgandik kech qolishyabdi.

— Menimcha ham , Jungkook maʼsulyatsiz yigit emas u kelolmasa habar beradi.

— Hamma jamu jam , faqat men kam. Salom dadajon.

Davradagi hamma nigohini qarshisidagi yigitga qaratdi. Bir zumga hamma jim qoldi ayni vaziyatni tushina olishga harakat qilishardi. Ota oʻgʻlini shuncha yildan soʻng koʻrib qattiq quchsinmi yoki sovuqqonlikni saqlab barchasini tushintirib berishga vaqt bersinmi.

— Nega jimsiz ? Bemavrid keldimmi ?

— Yoʻq oʻgʻlim ahiir sen qanday qilib. Kel bu yerga oʻtir.

Hyunjin borib dadasi yonidagi yumshoq kresloga joylashdi

— Tanish oʻgʻlim bu mening ukam -Jeon Hyunjinga oʻz ukasini tanishtirdi Hyunjin ham shu vaqtgacha amakisini koʻrmagan ekan.

— Bu uning rafiqasi Haayun va yonidagi qizi Amaya.

Amaya ni ismini takidlab oʻtarkan qiz yerni tagiga kirib ketishga tayyor boʻlib turardi negadur bu holat u uchun noqulaydek hozir u nima qilishi kerak ? Yigitga qarab odob yuzasidan jilmaysinmi ? Yoki koʻzlarini yerga qarab oʻtiraversinmi , Amaya ning nigohlari oʻynoqi edi aynan bitta joyga qarab turolmasdi ahiyri u boshini koʻtarib qarshisidagi yigitga odob yuzasidan biroz jilmaydi. Ammo uning koʻzlariga boqgan vaqti shuni tushindiki unga qarash katta hato edi. Sovuq va beparvo koʻzlari hatto eng jazavali qalblarni ham muzlatib qoʻyishga qodir edi.

Amaya's pov:

Nega unga qaradim oʻzi *jin ursin Hyunjin deganlari shu ekanda men bu psixapatga hech qachon turmushga chiqmayman buni ustiga meni yigitim bor uni ham tashlab ketolmayman bu Hyunjin deganlaridan uzoq yurishim kerak eʼtiboridan uzoqda. Undan uzoqroq yurish eng yahshi qaror.

— Janob janob kechiring bezovta qildim. -honaga bir hizmatchi kirib keldi.

— Nima boʻldi havotiringni sababi bordir.

— Janob Jeon , Jeon Jungkook ni tuzoqqa tushirishibdi uni kecha kechasi oʻrmon yaqinida ayoli bilan birga oʻqga tutishgan kimliklari nomalum kimsalar aniqrogʻi bu yerlik emas maqsadi ham nomalum.

— kim boʻldi bular endi , Jungkook tirikmi ? -Jeon Hyuk oʻrnidan turib asabiylasha boshladi.

— Menimcha tirik oʻrmon tomon qochishgan mahfiy tomonda bino bor uni horijliklar bilmaydi janob Jungkook oʻsha tomonda deya taxmin qilyabmiz.

— Lekin buni kim qilgani nomalum , dushmanlar koʻpligidan qaysiligina ham anglolmaysan

— Ular meni deb kelishgan , Amerikadan akamni men deb oʻylashgan yoki shu yoʻl bilan meni qayta olib ketishmoqchi. *JIN URGUR ITLAR.

— Ota yigitlar va baza hali ham oʻsha oʻshami ? Qurollar joylari oʻzgarmagan demak ishni boshlaymiz.

3-Qism tamom

Umid qilamanki sizlarga yoqdi fikr va reaksiya kutib qolaman azizlariiiim #❤️