πππππππ
πππππππ |-
π-ππ©π’π¬π¨ππ
β Janoob.... Men nima qildim ? Nega bu yerdaman ahir.
β Ko'p savol beradiganlar menga yoqmaydi. -Jungkook sekin turdi va kiyimini togirlay boshladi.
β Ammo savolimga javob olmadim.
β Shunchaki doim menga yoqgan narsalar meniki bolgan. Bunga qandaydir aniq sabab bolishi shart emas.
β Lekin men buyim emasman , siz meni istagan vaqtingiz majburlab olib qolishga haqqingiz yoq.
Bu gapni eshitgan Jungkook boynini ikki yonga bukib asabini sozlashga harakat qildi , hattoki boyin suyaklarini qirsillagan tovushi ham chiqdi. Sekin qiz tomon bordi va tezlik bilan uning iyagini ushlab ko'zlariga qaradi.
β Istasam hozirni o'zidayoq seni bir nima qilib qoyaman. Ishon hech kim menga qarshi chiqmaydi hech kim seni qayerga ketganingni so'ramaydi , senga qilayotgan muomilam kimlar uchindir sharaf edi lekin tushinmayabman nega sen kornamaklik qilyabsan. Qizaloq shunchaki bundan keyingi kuningni o'ylagan holdi hozirgisiga shukir qil.
Uning bu gaplarini yuragiga qattiq olgan Amaya yig'lab yuborishga tayyor bo'lib turardi. Jungkook esa uning yuzini qoyib yuborib honadan chiqdi.
Amaya's pov:
Nega nega ? Nega men bilan bunday bolishi kerak , hattoki u menga ochiqchasiga tahdid qilganda ham qarshilik qila olmadim , shu darajada zaif inson bo'lishi mumkinmi ? Eyy Dengiz menga shuni ravo ko'rdingmi ? Men sendan o'z ozodligim uchun yordam so'rab sening tub qaringga o'ylanmasdan sakragandim lekin sen meni mana bu haqiyqiy maxluq jinni inson qoliga olib kelding. EY DENGIZ nega ? Sening moviy ranglaring bu hayotdagi poklikni anglatadigan jilo emasmidi ozodlik emasmidi , meni bir qafasga tutqin qush kabi solib qo'yding. Bu maxluq qo'lidan o'zing qutqarmasang moviy ranglaringdagi poklikni tan olmayman.
Amaya yig'lab yig'lab uhlab qoldi , Jungkook esa dengiz floti ustida sigareta chekgan holatda qora to'lqinlar ustidagi huddi shunday qora bulutlarga boqib turardi. Sekin qolidagi yarim sigaretani dengiz ichiga tashlab o'ylanib qoldi. Avval unda hech qachon bunday his bo'lmaganini qanday qilib bu qiz unda bu darajada egalik hissini kuchaytirganini o'ylardi. Jungkook ichkariga kirdi Amayaning ko'zlari ishgan burni biroz qizargan holatda uhlardi Jungkook sekin yaqinlashib sochlarini yuzining ortiga oldi va ustiga yopinchiqni yopib yonidagi stulga o'tirdi stol ustidagi shamga sekin yaqinlashib ohistalik bilan o'chirdi ortidagi stulga bor og'irligini tashlab Amayani bu qorong'ulikda ham kuzatishni boshladi.
[ Oradan ancha vaqt o'tdi deyarli 4 soat ]
Amaya's pov:
Kema qattiq chayqalganidan ko'zlarimni ochdim. Hona deyarli zimiston kema esa qattiq chayqalishda davom etyabdi. Tanamni butinligicha qo'rquv egalladi bu nima o'zi ? Yana urish boshlandimi ? Tushinolmay qoldim , sekin qo'llarim bilan qidirib eshikni topdim uning chetidagi tirqishdan tashqarini poyladim. Ishonolmayman bu yerda haqiyqiy jang ketardi. HAQIYQIY JANG Siz va men tuahina olmaydigan his qila olmaydigan narsa , shunchaki oddiy qilish o'ynatish emasdi bu , Vikinglar jangi boshqalarnikidan farq qiladi. Ularda boshqa bir jang sanati bor va bu meni tish tirnog'imgacha qo'rqitadi.
Jungkook yoq , sal avval men korgan osha yigit yoq edi. Kema flotida jang qilayotganlarning kimligini ham bilmayman. Men faqat taniydiganing bu o'sha men *Maxluq deb atagan yigit edi aslida uning ham asl niyatini biomayman ammo u meni o'ldiradigan odamga o'hshamadi men ishona oladigan yagona inson ayni damda u bo'lib qoldi.
Qo'rquv! Bu boshqa narsa men hozir men hozir butun badanim bilan bu tuyg'uni his qilyabman. Himoyasizman tan olaman men chindan himoyasiz edim , hozir kimdur bu honaga kiri meni o'ldirib ketishi ham mumkin men hech qanday qarshilik qila olmayman. Tezlik bilan oyoq uchida yurib yotoqning nargi tarafiga o'tib oldim sekin tizzamni quchoqlab boshimni tizzam ustiga qo'ydim. Ko'z yoshlar bu meni har doimgi achinarli ahvolim. Yig'lardim chindan haqiyqiy qo'rquvdan yig'lardim. O'sha notanish yigit yonimda bolib qolishini hohlardim bu kuchli qo'rquvim oz bo'lsada bosilishini hohlardim....
Tashqarida jang davom etardi , Jungkook tashlab ketgan 5 kemadagi yigitlarni zaharlab o'ldirishibdi yani jang bilan hech kim o'ldira olmaydigan yigitlarni taomlariga zahar solib gumdon qilishibdi , bu kemalarga joylashgan qarshi davlat jangchilari Jungkookning bu jamoasi tomon oshiqdi albatta uni o'ldiriah uchun.
Bundan habar topgan Jungkook albatta jim o'tirolmadi yigitlarga habar berib Amaya joylashgan kemaga ishonchli odamlaridan qo'ydi. Himoya qilishi kerak edi Jungkook ilk marta o'zi himoya qilishi kerak bolgan odamni topdi yani uning nozik tomoni paydo boldi. Ammo u yuborgan yigitlar qutqara oladimi ular Amayani Jungkook chalik qo'riqlay olisharmikan....
Reaksiya va fikrlaringizni albatta kutib qolaman azizlarim , bu ff nuqta verguligacha o'zimga tegishli boshqalarda ko'rmaya....