UMIDA ABDUAZIMOVA
1. Adib hayoti haqida Umida Abduazimova 1953-yil 1-iyunda Toshkent shahrida tug‘ildi. Toshkent davlat universitetining jurnalistika fakultetida tahsil oldi (1970-1975). Oilali, 4 nafar farzandi bor. Toshkent shahar, Yunusobod tumani, B.Tillayev ko‘chasi 45-uy.
2. Adibning faoliyati haqida. Shoira mehnat faoliyatini O‘zbekiston televideniesi Adabiy-dramatik ko‘rsatuvlar tahririyatida muharrirlikdan boshladi. So‘ngra Respublika vaqtli matbuoti, “Yosh kuch” jurnali, “Ma’rifat” va “Tong yulduzi” gazetalarida turli 3. Adib ijodi haqida. “Sevilganda” nomli ilk she’riy to‘plami 1977-yilda bosildi. Shundan so‘ng shoiraning “Ishqli umrim” (1979), “Kurtak” (1982), “Umrim ziynati” (1990), “Oymomabog‘” (1991), “Sevinchim” (1992), “Behruz yangi kun demak” (1997), “Oydin orzular” (1998), “Seni ko‘rgim kelaveradi” (1998) nomli publitsistik asarlari, badiiy va she’riy kitoblari nashr etildi. Bolalarga atab yozgan she’rlarida bolalik dunyosi, qaytalanmas farahli onlari, ruhiyat olami, betakror o‘yinlariyu o‘y-xayollari jonli ifodalangan.
4. Adibning eng sara va mashhur asarlari ro‘yxati: “Arazlamang” (2002), “O‘n sakkizdan o‘tgum yo‘q” (2003), “Shirintoy” (2005), “Tikilib-tikilib qarayman” (2006), “O‘n olti yoshimda” (2007), “Yozilmagan kitob” (qissa, 2007), “Sovg‘a” (2017), “Mehr topdim” (2019), “Subdiham yellari” (2019), “Mehmonlik fasli” (2020), “Toshkent tongi” (2020) kabi kitoblari nashr etildi.
5. Adibning film (serial, hujjatli film) bo‘lgan asarlari: “Arazlamang”, “Qor ko‘rinmaydi”, “Barnoning qo‘g‘irchog‘i araz solib turadi”, “Yorim”, “Oymoma”, “Tanishlar tanishmisiz”, “Meni seving”, “Tushimda ham o‘ngimda ham”, “Hajru firoqingda”, “Tushlaringga kirmoqchiman ayt nima qilay”, “Kel go‘zalim”, “Muhabbatsiz o‘tma yoshligim”, “Tikilib-tikilib qaraysan”. “Sevgimga sevgilim vafolaring shumi”.
6. Adibning qanday mukofotlari mavjud 1984 y. Respublika Yoshlar tashkiloti mukofoti, 1998 y. “Shuhrat” medali, 2002 y. “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi” faxriy unvoni, 2021 y. “Mehnat shuhrati” ordeni, 2023 y. “Mehnat faxriysi”.
7. Adibning so‘nggi chop etilgan kitobi (asari): “Sovg‘a”, “Mehr topdim”, “Subhidam yillari”, “Birini oy desam, biri quyosh”, “Akamning kitobi”(qissa), nasriy asarlari “Umrim zifnati”, “Oydin orzular”, “Zargar”, “O‘zimizning o‘zbeklar”(qissa), “Men xursandman”(publitsistik-maqolalar), “Mehmonlik fasli” (she’rlar to‘plami), “Bir bola bor”, “Aql qaymog‘i” (she’rlar), “Nasiba” (bolajonlarga she’rlar), “O‘zbekcha tush ko‘raman” (she’rlar) va hakazo.2009-yildan buyon pensiyada, erkin ijod bilan shug‘ullanmoqda. Shoira o‘z ijodi bilan elimiz mehriga, hurmatiga sazovor bo‘lib kelyapti. U doimo el orasida, respublikamizda o‘tkaziladigan turli tadbirlarda faol ishtirok etadi. Muntazam ravishda respublika matbuoti, TV va radiokanallarida ijodiy chiqishlar qiladi.