February 23, 2022

JAHOLATGA QARSHI MA’RIFAT

Bugungi kunda muqaddas islom dinimizning insonparvarlik g‘oyalarini targ‘ib etish, “Jaholatga qarshi – ma’rifat” tamoyili asosida unib-o‘sib kelayotgan yoshlarimizni sog‘lom e’tiqod ruhida tarbiyalash yanada dolzarb ahamiyatga ega.

Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining 2022-yil 21-fevraldagi 2/18-2/20-14-sonli xatiga asosan, joriy yilning 23-fevral kuni Andijon davlat universitetining Pedagogika institutida "Jaholatga qarshi ma'rifat" mavzusida davra suhbati o'tkazildi.

Ushbu davra suhbatida Andijon viloyati IIB terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boʻlimi xodimi Alisher Hamrayev, Andijon shahar "Oqgoʻr" jome masjidi imom xatibi Abduhalim Hamraqulov, viloyat otinoyisi Shoiraxon Qosimova, Institut direktori Baxtiyor Rasulov hamda talaba-yoshlar ishtirok etdilar.

Dastlab, “Jaholatga qarshi mar’ifat” deb nomlangan videofilm namoyish etildi.

Davra suhbatida soʻzga chiqqanlar, milliy va diniy qadriyatlarning tarixan mushtarakligi, ularning umuminsoniy qadriyatlar ila uyg‘unligi, ularda diniy bag‘rikenglik madaniyatini, yoshlar orasida dinga nisbatan to‘g‘ri yondashuvini shakllantirish va jamiyat uchun yuksak ma’naviyatli inson bo‘lib yetishishlarini ta’kidladilar.

Davra suhbati yakunida talabalar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga mutaxassislardan kerakli javoblarni oldilar.


AXBOROT XIZMATI