Andijon viloyati hududiy saylov komissiyasi raisi B. Rasulovga
Hurmatli Baxtiyor Mahmudjonovich!
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi jamoasi nomidan Sizni tavallud kuningiz, kuch-g‘ayratga to‘la navqiron 60 yoshingiz bilan muborakbod etish barchamizga ulkan mamnuniyat bag‘ishlaydi!
Sizni ilm-fan va ta’lim sohasini rivojlantirish, pedagog kadrlarni tayyorlash, yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, referendum va saylovlarni yuksak tashkiliy darajada o‘tkazish bilan bog‘liq ishlarga mehnati singgan huquqshunos, tarixchi olim, bag‘rikeng rahbar, mehribon ustoz, samimiy inson sifatida yuksak qadrlaymiz.
Ushbu ajoyib kunda Sizga uzoq umr, oilaviy baxt, mustahkam sihat-salomatlik va omad tilaymiz. Xonadoningizdan hech qachon fayzu baraka, quvonch arimasin. Go‘zal Vatanimizning ravnaqi yo‘lidagi xayrli ishlaringizda hamisha muvaffaqiyatlar yor bo‘lsin.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Raisi