ADIBA UMIROVA
1. Shoir hayoti haqida. 1980-yil 23-iyulda Qashqadaryo viloyati Qarshi tumani Paxtazor qishlog‘ida dehqon oilasida tug‘ilgan. 1997-yili Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanidagi umumiy o‘rta ta’lim maktabini tamomlagan. Oilali, 2 nafar farzandning onasi. Hozirda Toshkent shahri Shayxontohur tumanida yashaydi.
2. Shoirning faoliyati haqida. 2000-yilda Qashqadaryo viloyat pedagogika bilim yurtini, 2005-yilda O‘zbekiston Milliy universiteti qoshidagi “Oliy adabiyot” kursini bitirgan. Mehnat faoliyati davomida 2005-06-yillarda “Oila va jamiyat” gazetasida muxbir, 2007-10-yillarda “Hurriyat” gazetasida bo‘lim mudiri kabi vazifalarda ishlagan. 2019-yildan “Xalq so‘zi” gazetasida bo‘lim muharriri lavozimida xizmat qiladi.
3. Shoir ijodi haqida. Nazm, badiiy publitsistika janrlarida ijod qiladi. “Ruhimning ovozi” (2003), “Yashil tushlar” (2005), “Quyoshga yo‘l” (2008) kabi kitoblari nashr etilgan. “Yashil tushlar” kitobi el aro keng yoyilgan. 2013-yildan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi.
4. Shoirning so‘nggi chop etilgan kitobi (asari): “Quyoshga yo‘l” she’riy to‘plami.
5. Shoirning boshqa (qaysi) tillarga tarjima qilingan asarlari: Shoirning asarlari rus, turk, ozarbayjon va boshqa tillarga o‘girilgan.