February 21, 2022

INSTITUTDA XALQARO KONFERENSIYA OʻTKAZILDI

Bugun, 21-fevral kuni Andijon davlat universitetining Pedagogika institutida “Zamonaviy gumanitar fanlarning muammo va istiqbollari: pedagogika, o'qitish metodikasi, filologiya” mavzusida xalqaro ilmiy-konferensiya o‘tkazildi.

Konferensiyada mamlakatimiz hamda Ozarbayjon, Rossiya, Turkiya, Tojikiston, Belorus respublikalarining nufuzli oliy taʼlim muassasalari professorlar, ilmiy xodimlari, doktorantlar, ilmiy izlanuvchilar, tilshunos olimlar, magistr va talabalar ishtirok etdilar.

Konferensiyani institut direktori B.Rasulov kirish soʻzi bilan ochib berdi. Direktor oʻz soʻzida soʻnggi yillarda xalqaro maydonda ilm-fan sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, bu borada OTMlar hamkorligini yanada kengaytirish kerakligini taʼkidladi va konferensiya ishiga omad tiladi.

Konferensiyaga 6 ta mamlakatning 30dan ortiq shaharlaridan professor, ilmiy tadqiqotchilar, magistr va talabalarning yuzdan ortiq ilmiy maqolalari qabul qilindi. Ularda zamonaviy gumanitar fanlarning oldida turgan muammolar, istiqbollariga bagʻishlangan dolzarb masalalar bayon etilgan.


AXBOROT XIZMATI