AHMADJON MELIBOYEV
1. Adib hayoti haqida.1946-yil 23-mart kuni O‘sh viloyati Safed Bulon qishlog‘ida dehqon oilasida tug‘ilgan. 1974-yili Toshkent davlat universiteti (hozirgi O‘zMU)ning Jurnalistika fakultetini tugallagan. Oilali, 3 nafar farzandi bor. Hozirda Toshkent shahri Shayxontohur tumanida yashaydi.
2. Adibning faoliyati haqida.1970-yildan beri matbuot sohasida samarali faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Mehnat faoliyatini yoshlar gazetasida boshlagan. Yoshlar nashriyotida bosh muharrir o‘rinbosari, O‘zbekiston televideniesida siyosiy sharhlovchi, “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasida bosh muharrir, O‘zbekiston Milliy universiteti Jurnalistika fakulteti kafedra mudiri, O‘zbekiston Respublikasi Pezidentining Davlat maslahatchisi, maslahatchining o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan. 2018-yildan “Jahon adabiyoti” jurnali bosh muharriri. O‘zbekiston Milliy universitetida tashkil etilgan “Chingiz Aytmatov va O‘zbekiston” doimiy ekspozitsiyasi rahbari.
3. Adib ijodi haqida. “Bir zaminda yashaymiz”, “Umidli dunyo”, “Yolg‘iz yashab bo‘lmaydi”, “Hushtakni kim chaladi?”, “Umr uchar yulduz”, “Torning cho‘michdan farqi”, “Suvora sog‘inchi”, “Qirq beshinchi bekat”, “Qabohat to‘ri”, “Xotin yo‘g‘ida”, “Rizq daraxti”, “O‘zingni o‘zing boshla”, “Chingiz Aytmatov: Davr. Inson. Haqiqat”, “Tojdor ajal hamlasi yoxud dunyoni larzaga solgan 40 kun”, “She’rlari o‘ziga o‘xshagan shoir”, “Erkin Vohidov dastxati”, “O‘ng‘or ertaklari”, “Safed Bulon hikoyalari” kabi bir qator publitsistik va nasriy asarlari, yosh jurnalistlar uchun 6 ta o‘quv qo‘llanmasi e’lon qilingan. 1976-yildan buyon matbuotda mingga yaqin maqolasi e’lon qilingan. Deyarli har haftada matbuotda adibning yangi maqolasini o‘qish mumkin.
4. Adibning eng sara va mashhur asarlari ro‘yxati:“Yolg‘iz yashab bo‘lmaydi”, “Hushtakni kim chaladi?”, “Umr – uchar yulduz”, “Torning cho‘michdan farqi”, “Suvora sog‘inchi”, “Qirq beshinchi bekat”, “Qabohat to‘ri” nomli publitsistik to‘plamlari, “Safed Buloq hikoyalari” kitobidagi qissalari hamda “Xotin yo‘g‘ida”, “Xo‘randaning qozoni” hajviy kitoblari, “Publitsistikada davr ruhi va badiiy talqin”, “Xalqaro sharh”, “Jurnalistika: kasb, ijod, mahorat” kabi o‘quv qo‘llanmalari adabiy va ilmiy jamoatchilikning ijobiy bahosiga sazovor bo‘ldi.
5. Adibning film (serial, hujjatli film) bo‘lgan asarlari: “Chingiz Aytmatov. Ikki millat o‘g‘loni” hujjatli film muallifi.
7. Adibning spektakl bo‘lgan asarlari: 2019-yilda Milliy teatrida sahnalashtirilgan M.Avezovning “Abay” asarini yangicha taqinida muharrir sifatida ishtirok etgan.
8. Adibning qanday mukofotlari mavjud: 1997-yil “Shuhrat” medali, 2017-yil “Do‘stlik” ordeni, 2021-yil “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist” faxriy unvoni bilan mukofotlangan. Shuningdek, 2022-yil “Xalqlar do‘stligi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan. 1993-yil “Yilning eng yaxshi jurnalisti” tanlovi, “Ofarin” mukofoti,2018-yili Oliy o‘quv yurtlari o‘qituvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan “Eng yaxshi pedagog” respublika tanlovida, 2019-yili “Oltin qalam” tanlovida g‘olib bo‘lgan. Chingiz Aytmatov nomidagi xalqaro ilmiy akademiya a’zosi.
9. Adibning so‘nggi chop etilgan kitobi (asari): “Erkin Vohidov dastxati”, 2022 y.; “O‘zimdan o‘tganlari” 2022 y.; “Jurnalistika saboqlari” 2023 y
10. Adibning boshqa (qaysi) tillarga tarjima qilingan asarlari:
11. Adib tarjima qilgan asarlar: Luish de Stau Monteyruning “Mayizxo‘r erkak” romani, shuningdek, qirg‘iz, qozoq, rus adiblarining hikoya va esselarini tarjima qilgan.
12. Adibning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari:
13. Adib hayoti va ijodi haqidagi kitob va ilmiy asarlar: 2016-yilda nashr qilingan “O‘zbek adiblari” to‘plamida adib haqida ham ma’luot berilgan. Shuningdek, matbuotda yangi asari chop etilishi, adib tavallud kuni munosabati bilan do‘stlari, hamkasblari, shogirdlari tomonidan turli maqolalar e’lon qilingan.