November 18, 2024

HAMROYEV ISLOM HAMZAYEVICH

1. Adib hayoti haqida – 1966-yil 26-yanvarda Samarqand viloyati Xatirchi tumanida tug‘ilgan.

2. Adibning faoliyati haqida – Adib O‘zbekiston Milliy universitetini tamomlagan. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi. 2014-yildan buyon “Adolat” ijtimoiy-siyosiy gazetasi taxririyati MChJ direktori, bosh muharriri

3. Adib ijodi haqida – Hamroyev Islom adabiyotning nazm, nasr, dramaturgiya va publitsistika yo‘nalishlarida ijod qiladi. Uning publitsistikaga oid “Bag‘ributunlik” nomli kitobi chop etilgan. Shuningdek adibning “Shoir bo‘ldik sendan ayrilib”, “Tazarru saltanati” she’riy kitoblari va dostonchilik yo‘nalishida yozilgan “Go‘ro‘g‘lining o‘limi” kitobi chop etilgan. 2023-yilda adibning detektiv janrda yozilgan “Tuzoq” nomli kinoqissasining birinchi kitobi chop etildi.

4. Adibning eng sara va mashhur asarlari ro‘yxati – “Shoir bo‘ldik sendan ayrilib”, “Bag‘ributunlik”, “Tazarru Saltanati”, “Go‘ro‘g‘lining o‘limi”, “Tuzoq”.

5. Adibning film (serial, hujjatli film) bo‘lgan asarlari – Adib qalamiga mansub detektiv janridagi “Tuzoq” seriali (50 seriya) va “Piramida” seriali (22 seriya) suratga olingan. Ayni paytda adib qalamiga mansub “Tuzoq” serialining 50-80 seriyalari suratga olinmoqda.

6. Adibning qo‘shiq bo‘lgan asarlari – Shoirning ko‘lab she’rlari taniqli san’at namoyandalari tomonidan qo‘shiq qilib ijro etib kelinmoqda. Jumladan, Abdujalil Qo‘qonov “Olifta qiz”, Abdurauf Jalilov “Laylilar”. Shuningdek, iste’dodli aktyor Mehriddin Rahmatov tomonidan “Onasiz uy” dostoni kompozitsiya qilingan.

7.   Adibning spektakl bo‘lgan asarlari – 2024-yilda adibning O‘zbekiston davlat drama teatrida harbiy-vatanparvarlik ruhidagi “Hech qachon davlatman dema!” nomli p’esasi sahnalashtirildi.

8.   Adibning qanday mukofotlari mavjud – Adib 2004-yilda “Shuhrat” medali, 2021-yilda “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlangan. Shuningdek, u 2007-yilda Xalqaro “Oltin qalam” milliy mukofotiga sazovor bo‘lgan.

9.   Adibning so‘nggi chop etilgan kitobi (asari) – 2023-yilda “Tuzoq” kinoqissasining birinchi kitobi nashr etilgan.