March 5, 2022

AYOLLARGA EHTIROM KO‘RSATILDI

Ona tabiat chiroy ochib, atrof-muhit yashil libosga burkanib, bahor nashidasi tobora kuchayib borayotgan ayni shu fusunkor davrda mamlakatimiz bo‘ylab, 8-mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami keng nishonlanmoqda. Ayolning nafosati va nazokati, vafo va sadoqati, aql-zakovati va fidoyiligi asrlar mobaynida yer yuzida hayot davomiyligi va abadiyligiga asos bo‘lib keladi. Shu bois ham dunyodagi eng buyuk san’at asarlari, qo‘shiq va qasidalar, me’moriy obidalar ayollar sha’niga bag‘ishlangandir.

Bugun, 5-mart kuni Andijon davlat universitetining Pedagogika institutida sana munosabati bilan institutda faoliyat olib borayotgan barcha xotin-qizlarga ehtirom ko‘rsatilib, bayram dasturxoni yozildi.

Bayramona bezatilgan zal, go‘zal kuy-qo‘shiqlar, ezgu tilaklar. Bularning barchasi bugun zalda chiroy ochib turgan go‘zal ayollar uchun tashkil etildi.

Bayram tadbiri institut direktorining tabrigi bilan boshlandi. Tabrikda institutimiz xotin-qizlarini erishayotgan yutruqlari, ko‘rsatayotgan natijalari alohida e’tirof etildi.

Shundan so‘ng, institut ijtimoiy-ma’naviy hayotida faolligi va tashabbuskorligi bilan namuna ko‘rsatayotgan bir guruh ayol o‘qituvchilar institut direktori tomonidan tashakkurnoma hamda kasaba uyushmasining estalik sovg‘alari bilan munosib taqdirlandi. Institutda mehnat faoliyatini olib borayotgan barcha ayol ishchi xodimlar va professor-o‘qituvchilarga mehnatga haq to‘lashning bir barobari miqdorida pul mukofotlari topshirildi.

Yosh, iste’dodli xonandalar tomnoidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi. Tadbirda ishtirok etgan xotin-qizlarning go‘zal raqslari bayramga yanada joziba qo‘shdi.

Shu fursatdan foydalanib, kirib kelayotgan 8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan barcha opa-singillarimizni, munis onaxonlarimizni institut axborot xizmati nomidan samimiy tabriklaymiz.


AXBORORT XIZMATI