SENATOR TOLIBJON MADUMAROV INSTITUTIMIZGA TASHRIF BUYURDI
Bugun, 12-fevral kuni Andijon davlat universitetining Pedagogika institutiga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining mahalliy hokimiyat vakillik organlarining faoliyatini kuchaytirishga ko‘maklashuvchi komissiyasi raisi Tolibjon Madumarov tashrif buyurdi.
"Pedagog kadrlar salohiyatini oshirishda institutning roli va ahamiyati yuqori. Zero, Prezidentimizning olib borayotgan siyosat ham shunga qaratilgan" Tolibjon Madumarov
Senator dastlab, institutning talabalar shaharchasida bo‘ldi. U yerda Andijon viloyati hokimligi yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha kotibiyat mudiri Elyorbek Xolmirzayev 2021-yil 15-dekabrda foydalanishga topshirilgan 840 o‘rinli talabalar turar joyi va unda yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishtirdi.
Tashrifning keyingi manzili institut ma’muriyati bo‘ldi. Institut direktori Baxtiyorjon Rasulov institut tashkil etilganiga hali ko‘p bo‘lmagan bo‘lsa-da qisqa davr mobaynida amalga oshirilgan ishlar va istiqboldagi rejalar haqida so‘zlab, yaratilgan qulayliklar bilan tanishtirdi.