April 9, 2022

MENKIM, SOHIBQIRON - JAHONGIR TEMUR

Bizning tariximizda shunday ulug‘ zotlar o‘tganki, ularning bosib o‘tgan umr yo‘li, boy ma’naviy merosi asrlar o‘tsa ham qadr-qimmatini yo‘qotmaydi. Bu yil Sohibqiron Amir Temur tavalludining 686 yilligi mamlakatimizda keng nishonlanmoqda.

Bugun, 9-aprel kuni Amir Temur tavalludi munosabati bilan Andijon davlat universitetining Pedagogika institutida “Menkim, Sohibqiron - Jahongir Temur” deb nomlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.

Dastlab, tadbirni institut direktorining birinchi oʻrinbosari M.Parpiyev kirish soʻzi bilan ochib berdi. Direktor oʻrinbosari oʻz soʻzida Amir Temurning davlat boshqaruvi va zamonasining ilm-fan taraqqiyotiga qoʻshgan hissasi haqida toʻxtalib oʻtdi.

Shundan soʻng tadbirning badiiy qismi boshlandi. Talabalar tomonidan Amir Temurning ulugʻlovchi, uning tarix sahnasida qoldirgan ulkan ishlarini ifodalovchi sahna koʻrinishlari, sheʼriy chiqichlar, kuy va raqslar namoyish etildi.

Shuningdek, tadbirda Ijtimoiy fanlar, sanʼat va jismoniy madaniyat fakultet dekani D.Samatov, tarix fani oʻqituvchisi Q.Bozorovlar soʻz olib, Amir Temur va Temuriylar davlati haqida qiziqarli maʼlumotlar berdi.

Tadbir yakunida, faol ishtirok etgan talabalar institut maʼmuriyati tomonidan kitoblar jamlanmasi bilan taqdirlandi.

O‘tkazilgan tadbir yosh avlodni ajdodlarga hurmat ruhida tarbiylashga, vatanparvarlik hissini yuksaltirishga xizmat qiladi.


MATBUOT KOTIBI