February 11, 2022

XALQARO BAHOLASH TIZIMI BO'YICHA SEMINAR-TRENING O'TKAZILDI

www.anddupi.uz

So‘nggi yillarda mamlakatimiz ta’lim tizimini rivojlantirish, pedagoglarning malakasi va jamiyatdagi nufuzini oshirish, yosh avlod ma’naviyatini yuksaltirish, innovatsion va kreativ fikrlaydigan, zamonaviy kadrlar tayyorlash, yoshlarni vatanparvarlik ruhida, yuksak ma’naviyat egalari etib tarbiyalash, shu maqsadda ta’lim tizimini takomillashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratib kelmoqda.

«Maktabda o‘qitish metodikasi o‘zgarmasa, ta’lim sifati ham, mazmuni ham, muhit ham o‘zgarmaydi» Shavkat Mirziyoyev.

Joriy yilning 11 fevral kuni Andijon davlat universitetining Pedagogika institutida Ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish Milliy markazi tomonidan o‘tkazilgan seminar trening ham ta’lim tizimini rivojlantirish, sohaga jahon tajribasidan kelib chiqib, ilg‘or metodologik texnologiyalarni jalb etishdan iborat.

www.anddupi.uz
www.anddupi.uz

“Finlandiya ta’lim tajribasini o‘rganish va xalqaro tadqiqotlardagi muvaffaqiyatlarini O‘zbekistonda joriy etish” mavzusida o‘tkazilgan seminar treningda professor-o‘qituvchilar bilan bir qatorda institutda tahsil olayotgan magistrlar ishtirok etdilar. Ta’lim sifatini baxolash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish Milliy markazining tajribali mutaxassislari tomonidan xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etishning ta’lim sifatini oshirishdagi ahamiyati, PISA va PIRLS xalqaro tadqiqotlarida o‘qish savodxonligi, Finlandiya ta’lim tizimini boshqaruvi, Finlandiya ta’limining muvaffaqiyat kaliti, PIRLS, TIMSS, PISA, TALIS tadqiqotlarining talim tizimidagi ahamiyati haqida so‘z yuritdilar.

www.anddupi.uz
www.anddupi.uz
www.anddupi.uz

Interaktiv usullar, kreativ g‘oyalar va jahon ta’lim standartlariga mos o‘tgan seminar trenningda ishtirokchilar kerakli ma’lumotlarni olish bilan bir qatorida o‘zlarining qiziqtirgan savollariga ham atroflicha javob oldilar.

www.anddupi.uz

Seminar yakunida, ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish Milliy markazi direktori Abduvali Abdumalikovich Ismoilov seminar treningni tashkillashtirishdagi hamkorlik uchun institut direktori Rasulov Baxtiyor Mahmudjonovich tomonidan tashakkurnoma va estalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

www.anddupi.uz
www.anddupi.uz

Darhaqiqat, mamlakat kelajagi, barcha sohalar va loyihalar muvaffaqiyati bilimli insonlarga bog‘liq. Ta’lim sifatini oshirish malakali pedagog kadrlarga bog‘liq. Bu kabi o‘tkazilgan seminar treninglar kelgusida soha istiqboliga xizmat qiladi. Zero, O‘zbekistonning 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasida to‘rtinchi ustuvor yo‘nalish aynan ta’lim sohasini, inson kapitalini rivojlantirishga qaratilgan.


Andijon davlat universitetining Pedagogika instituti AXBOROT XIZMATI