ZUHRIDDIN ISOMIDDINOV
1. Adib hayoti haqida: Zuhriddin Isomiddinov 1953-yil 1-yanvarda Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumani Ma’murobod qishlog‘ida tug‘ilgan. 1959—1969-yillarda O‘sh viloyati Qorasuv tumanidagi maktabda o‘qigan.
2. Adibning faoliyati haqida. 1971—1976-yillarda Toshkent davlat universitetining jurnalistika fakultetida tahsil olgan. Universitetni tamomlaganidan so‘ng 1976—1998-yillarda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Til va adabiyot instituti tarjima nazariyasi va adabiy aloqalar bo‘limida laborant, kichik ilmiy xodim, katta ilmiy xodim[2] vazifalarida ishlagan. 1991-yilda G‘aybulla Salomov rahbarligida, "Yaqin turkiy tillardan she’riy tarjimaning o‘ziga xosligi („Manas“ eposi tarjimasi misolida)"[3] mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Uning ilmiy rahbarligida 3 tadqiqotchi nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan, 6 nomzodlik ishiga rasmiy opponentlik qilgan.
3. Adibning qanday mukofotlari mavjud: Zuhriddin Isomiddinov 2021-yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoniga binoan „O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi“ faxriy unvoni bilan taqdirlangan[1]. 2019-yildan beri O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi. 2015-yilda Gulzura Jumaqunovaning „To‘qtag‘ul. Qo‘shiqqa evrilgan, kuylarga to‘kilgan umr“ kitobi tarjimasi uchun TASAM (Turkiya) tashkilotining „Qizil olma“ mukofotiga sazovor bo‘lgan[125]. 2013-yil Abdulla Qahhorning „Kartina“ hikoyasi, „Maftuningman“ kinokartinasi va konfliksizlik nazariyasi" maqolasi uchun „Sharq yulduzi“ jurnalida e’lon qilingan „Eng yaxshi badiiy va ilmiy asarlar“ tanlovi g‘olibi bo‘lgan[126]. 2023-yilda Chingiz Aytmatov Akademiyasi tomonidan faxriy akademigi etib saylandi.