September 12

DAVRON RAJAB

1.       Adib hayoti haqida.1967-yil 31-martda Urganch shahrida tug‘ilgan. 2003-yilda O‘zbekiston Milliy universiteti hamda Yozuvchilar uyushmasi qoshida tashkil etilgan Oliy adabiyot kursini tamomlagan. Oilali, 2 nafar farzandi bor. Hozirda Toshkent shahri Shayxontohur tumanida yashaydi.

2.       Adibning faoliyati haqida.Xorazm viloyati Markaziy kutubxonasida bezakchi-rassom, Urganch shahar 19-son maktabda tasviriy san’at va chizmachilik o‘qituvchisi, Urganch shahar “Yosh texnik ijodkorlar markazi”da “Badiiy dizayn” to‘garagi rahbari, O‘zbekiston Milliy universitetida uslubchi, “Yangi asr avlodi”, “Sharq”, “O‘zbekiston” nashriyotlarida muharrir, “Jamiyat” gazetasida muxbir, Yozuvchilar uyushmasida adabiy maslahatchi lavozimlarida ishlagan. 2015-yildan “Jahon adabiyoti” jurnalida yetakchi muharrir bo‘lib faoliyat yuritmoqda.

3.       Adib ijodi haqida. Bir tomchi yulduz” (“Xorazm” nashriyoti, 1995), “Baxt shamollari” (“Tafakkur qanoti” nashriyoti, 2016) sarlavhali she’riy, “Baxt va boylik ciri” (“Yangi asr avlodi” nashriyoti, 2006) nomli psixologik publitsistik kitoblari chop etilgan.

4.       Adibning eng sara va mashhur asarlari ro‘yxati:“Baxt shamollari” to‘plami

5.       Adibning qanday mukofotlari mavjud: 2020-yili “Eng ulug‘, eng aziz” Respublika an’anaviy ko‘rik-tanlovining Toshkent viloyati bosqichi g‘olibi deb topilgan.

6.       Adibning so‘nggi chop etilgan kitobi (asari): “Baxt shamollari”, 2016 y.

7.   Adibning boshqa (qaysi) tillarga tarjima qilingan asarlari: She’rlari ingliz tilida “Osiyo ohanglari” (Toshkent, 2008) bayozida, rus tilida “Anor-Granat” (Moskva, 2008) to‘plamida, hind tilida “Ohanglar” (Hindiston, 2008) nomli to‘plamda nashr qilingan.

8.   Adib tarjima qilgan asarlar: Mumtoz koreys shoiri Chon Chxol, Venger shoirlari Shandor Petyofi, Layosh Kashshak, Karoy Chex, Yanosh Sentmartoni, zamonaviy gruzin shoirlari Emzar Kvitaishvili, Besik Xaranauli, Kote Kubaneishvili, Andro Buachidze, Ela Gochiashvili,-mayya Sarishvili, David Robakidze, Kato Javaxishvili, latish shoiri Oyar Vatsietis, Meksika shoirlari Tochiuitzin, Necaualkoytl, ispan shoiri Leon Felipe, rus shoirlari Ye. Yevtushenko, Nikolay Ilin, Sanjar Yanishev, Bax Axmedov, Vika Osadchenko, Natalya Beloedova, Sofiya Demidova va boshqa ko‘plab shoirlarning she’rlarini o‘zbek tiliga o‘girgan.