Yoshlar oʻrtasida ommaviy sport musobaqalarining viloyat bosqichi yakuniga yetdi.
Joriy yilning 15-noyabr – 5-dekabr kunlari viloyatdagi mahallalarda istiqomat qiluvchi yoshlar o‘rtasida sportning mini futbol va "Workout" turlari bo‘yicha “Viloyat hokimi kubogi” musobaqalari o‘tkazildi.
Uch bosqichda tashkil etilgan musobaqada dastlab viloyatdagi mavjud 883 ta mahallalardan tashkil topgan jamoalar 108 ta hududga bo‘lingan holda o‘zaro kuch sinashdilar hamda hududlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan jamoalar tuman, shahar g‘olibligi uchun kuch sinashdilar. 25-30-noyabr kunlari o‘tkazilgan tuman, shahar bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan jamoalar va sportchilar 1-5 dekabr kunlari Andijon shahrida o‘tkazilgan viloyat final bosqichida ishtirok etdilar.
Bugun, 6-dekabr kuni musobaqalarning final o‘yinlari o‘tkazildi hamda musobaqalar natijalariga ko‘ra mini futbol bo‘yicha 1-o‘rinni Andijon shahri “Gumbaz” MFY jamoasi egallagan bo‘lsa, "Workout" bo‘yicha baxslarda Jalaquduq tumani ishtirokchisi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
Bugungi kunda tuman, shahar va hududiy bosqichlarida jami 21 mingdan ziyod yoshlar ishtirok etdi.
Musobaqaning g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi Andijon shahrida tashkil etilgan “Ekoparkda” bayramona tarzda o‘tkazildi hamda musobaqada g‘olib va sovrindor bo‘lgan jamoa va sportchilar viloyat hokimining qimmatbaxo sovg‘alari, diplom, medal va kuboklari bilan taqdirlandilar.
Andijon viloyati Turizm va sport bosh boshqarmasi axborot xizmati.