Turizmni yangi mavsumiga tayyorgarlik boshlandi!
O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi bilan hamkorlikda turizmning yangi mavsumiga munosib tayyorgarlik ko‘rish, mehmonlarga sifatli va xavfsiz xizmatlarni taqdim qilish maqsadida Mehmondo‘stlik Аkademiyasi tomonidan hududlarda faoliyat yuritayotgan joylashtirish vositalari xodimlarini malakasini oshirish (tayyorlash va qayta tayyorlash) rejalashtirilgan edi.
Mazkur ishlarning amaliy natijasi sifatida dastlab, Аndijon viloyatida, viloyat turizm va sport bosh boshqarmasi ko‘magida joriy yilning 2-5 dekabr kunlari 20 nafar joylashtirish vositalari xodimlari uchun amaliy mashg‘ulotlar olib borildi.
Mashg‘ulotlar davomida mehmonxona boshqaruvining zamonaviy usullaridan foydalanish, mijozlar bilan ishlash, marketing yo‘nalishlari bo‘yicha yangi bilimlar berildi.
Shuningdek, dastur doirasida restoran servis, xona tozalash, pandemiya sharoitida mehmonlarga sifatlar va xavfsiz xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalar berildi.
Dastur yakuni bilan yangi bilimlarni o‘zlashtirganligi yuzasidan ishtirokchilarga Mehmondo‘stlik Аkademiyasining tegishli sertifikatlari topshirildi.
Andijon viloyati Turizm va sport bosh boshqarmasi axborot xizmati