January 14, 2021

VATAN HIMOYACHILARINI SHARAFLAYMIZ!

"Vatanparvalik – milliy yuksalish kafolati" shiori ostida o'tkazilgan harbiy yurish va texnikalar paradida 40 mingdan ziyod fuqarolar ishtirok etdilar.

Sharof Rashidov, Amir Temur shoh ko'chalari kesishmasida garnizon komandirining viloyat hokimi, harbiy-ma'muriy sektor rahbari Shuhratbek Abdurahmonovga harbiylar, texnikalar hamda viloyat tashkilotlaridan tashkil topgan ishtirokchilar harbiy parad va ko'rgazmaga tayyor ekanligi haqidagi raportidan so'ng, viloyat hokimi barchani bayram bilan tabriklab, harbiy paradni boshlashga ruxsat berdi.

Tadbirda viloyat hokimi so'z olib, so'nggi yillarda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli kuchlar Oliy Bosh qo'mondoni Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan milliy armiyamizda amalga oshirilayotgan islohotlar samarasi mamlakatimiz mudofaa qudrati yildan-yilga mustahkamlanayotgani haqida fikr bildirdi.

Olqishlar ostida Andijon garnizoniga qarashli harbiy qismlar, Milliy gvardiya, ichki ishlar, mudofaa va favqulodda vaziyatlar boshqarmalari, mudofaaga ko'maklashuvchi "Vatanparvar" tashkiloti, viloyat jismoniy tarbiya va sport boshiarmasi va viloyat korxonalari, tashkilotlari, muassasalari, o'quv yurtlari xodimlaridan iborat harbiylashtirilgan kolonnalar yurishi boshlandi.

Andijon viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi matbuot xizmati.