November 16, 2021

"O'zbekiston chempionati"ga start berildi

Bugun 16-noyabr kuni Andijon shahri olimpiya zahiralari kolleji sport kompleksida 2002-2003-yillarda tug'ilgan o'smirlar va qizlar, 2004-yilda tug'ilgan kurashchilar o'rtasida "O'zbekiston chempionati" boshlandi. Musobaqaning ochilish marosimida ko'rgazmali chiqishlar namoyish qilindi. Kuy-qo'shiqlar ijro etildi.

Unda Andijon viloyat prokuraturasi, viloyat soliq boshqarmasi, viloyat hokimligi, O'zbekiston kurash federatsiyasi, ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati, shuningdek, respublikamizdagi 14 ta viloyatdan tashrif buyurgan, jami 832 nafar sportchilar ishtirok etdilar.

Birinchi kun natijalariga ko'ra, 50-55-60 kg vazn toifasidagi o'smirlar, 44-48-50 kg vazn toifasidagi qizlar saralab olindi.

Musobaqa yakunida, g'olib va sovrindorlarga mutasaddi tashkilotlar tomonidan diplom va esdalik sovg'alari topshirildi.

Andijon viloyati Turizm va sport bosh boshqarmasi axborot xizmati