December 19, 2020

Belbogʻli kurash boʻyicha viloyatimiz polvonlarimiz jahon chempionatida 7 ta medalga sazovor boʻlishdi

Shu yilning 9-13-dekabr kunlari Rossiya Federatsiyasining Qozon shahrida belbogʻli kurash (borba na poyasax) boʻyicha kattalar oʻrtasida jahon chempionati boʻlib oʻtdi.

Jahon chempionatida erkaklar va ayollardan iborat terma jamoamiz munosib ishtirok etdi. Quvonarlisi, dunyoning 35 ta davlatidan yigʻilgan eng sara sportchilar orasida polvonlarimiz 1 ta oltin hamda 3 tadan kumush va 2 ta bronza medallarini qoʻlga kiritdi.

Belbogʻli kurashning erkin yoʻnalishida oʻtgan bellashuvlarda polvonlarimizdan 68 kgda boʻlgan vazn toifasida Oybek Sultonov oltin medalga sazovor boʻlishdi.

Shuningdek, jahon chempionatida -82 kgda Husniddin Roʻziyev , -100 kgda Aʼzamjon Anvarjonov kumush medaliga ega chiqqan boʻlsa,-52 kgda Madina Akramova hamda +76 kgda Anife Kurtseitovalar 3-oʻrinni band etib, bronza medali bilan taqdirlanishdi.

Belbogʻli kurashning klassik yoʻnalishida polvonlarimizdan -62 kg vazn toifasida andijonlik Husanboy Nosirov 3-oʻrinni kumush medal egasiga aylandi.

Jahon chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etgan belbogʻli kurash boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari bugun O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Andijon viloyat boshqarmasi majlislar zalida jahon chempionati gʻolib va sovrindorlarini hamda sportchilarning ota-onalariga Andijon viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tomonidan tashakkurnoma va kimmatbaho esdalik sovg‘lari bilan taqdirlandi.

Andijon viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi matbuot xizmati.