Chim ustida xokkey bo'yicha "O'zbekiston chempionati" yakunlandi
Joriy yilning 1-6 noyabr kunlar Andijon shahrida joylashgan sportning o'yin turlari va engil atletikaga ixtisoslashtirilgan bolalar-o'smirlar sport maktabining "Barkamol avlod" sport majmuasida chim ustida xokkey bo'yicha 14 yosh va undan kichik o'smirlar va o'smir-qizlar o'rtasida O'zbekiston chempionati o'tkazildi. O'tkazilgan musobaqa natijalariga ko'ra o'smirlar o'rtasidagi bahslarda bosh sovrinini farg'onaliklar qo'lga kiritgan bo'lsa, ikkinchi va uchinchi o'rinlarni Andijon viloyati qo'lga kiritdi. Qizlar o'rtasidagi bahslarda bosh sovrinini farg'onaliklar qo'lga kiritgan bo'lsa, Andijonliklar ikkinchi, namanganliklar esa uchinchi o'rinni qo'lga kiritdi.
Andijon viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi matbuot xizmati.