February 29, 2020

Ertalabki badantarbiya – mustahkam sogʻlik garovi.

Xabar berganimizdek, ertalabki badantarbiya mashqlarini jamoaviy bajarish viloyatimiz boʼylab ommalashmoqda.

Har bir inson yoshidan qatʼi nazar sogʻlom boʻlishni istaydi. Shunday ekan, oʻzingizning jismoniy holatingiz va sogʻligʻingizni mustaxkamlashga qancha erta kirishsangiz, shuncha yaxshi. Kelgusida oʻzingizni ishonchli va behavotir sezasiz, hayotingiz mazmunli, serqirra boʻladi.

Jumladan, Andijon viloyatining shahar va tumanlaridagi aholi o`rtasida, umumiy oʼrta ta'lim maktablarida, viloyatdagi barcha sport maktablarida ertalabki badantarbiya mashgʼulotlari oʼtkazildi.

Shuningdek, Andijon viloyatining tuman va shaharlarida ham ommaviy badantarbiya mashgʼulotlari oʼtkazildi. Buning uchun avvalo, organizmning hayotiy muhim tizimlari- yurak- qon tomir faoliyatini va nafas olishni rivojlantirishga yordam beruvchi mashq turlaridan boshlash lozim. Shu munosabat bilan, jismoniy tarbiya va sport boshqarmasining hududiy bo`limlari tomonidan aholining keng qatlami oʻrtasida doimiy ravishda yurish, yugurish, suzish, gimnastik mashqlar va albatta xar tong ertalabki badantarbiya mashgʻulotlarini ommaviy tarzda bajarish yoʻlga qoʻyilmoqda.

Андижон вилояти жисмоний тарбия ва спорт бошқармаси матбуот хизмати.