O‘zbekiston Pespublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Andijon viloyati boshqarmasi boshlig‘i Kubogi uchun o‘tkazilayotgan sportning mini futbol musobaqasining viloyat final bosqichiga start berildi.
Joriy yilning 24-may kunidan boshlab "O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Andijon viloyati boshqarmasi boshlig‘i kubogi" uchun viloyatimizdagi uyushmagan yoshlar o‘rtasida sportning mini futbol turi bo‘yicha mahallalararo musobaqalarga start berilgan edi. Bugungi kunga qadar musobaqaning sektorlar va tuman, shahar final bosqichlari yakunlandi hamda barcha shahar, tumanlardan musobaqaning viloyat bosqichida ishtirok etuvchi jamoalar nomiga aniqlik kiritildi.
Bugun MedCity sog‘lomlashtirish markazining muhtasham tantanalar zalida mazkur musobaqaning viloyat final bosqichiga qur'a tashlash marosimi o‘tkazildi.
Tadbirda viloyat hokimi, davlat xavfsizlik xizmati Andijon viloyat boshqarmasi hamda viloyat sektor rahbarlari ishtirok etdilar.
Tadbirda so‘z olgan viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov, O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Andijon viloyati boshqarmasi boshlig‘i ishtirokchilarga omad va zafarlar tiladi.
Tadbir mehmonlari tomonidan jamoalarning qaysi guruhlardan joy olishlariga aniqlik kiritildi hamda tadbir ishtirokchilariga madaniy dastur namoyish etildi.
Andijon viloyati turizm va sport bosh boshqarmasi matbuot xizmati