November 10, 2021

10-NOYABR XALQARO BUXGALTERLAR KUNI

Andijon viloyati Turizm va sport bosh boshqarmasi axborot xizmati

10-noyabr Xalqaro buxgalteriya kuni sifatida butun jahonda keng nishonlanadi. Buxgalteriya daftarini ko'rish boshingizni aylantiradimi? Shuning uchun bizda hamma narsani aniqlaydigan buxgalterlar bor. Bugun ana shu aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan soha vakillari oʻzlarining kasb bayramlarini nishonlashmoqda. Aynan shu kuni, yaʼni 10-noyabr dunyoda Xalqaro buxgalteriya kuni(International Accounting Day) etib belgilangan. Uni yana Buxgalterlar kuni (Accountantʼs Day) deb ham atashadi. Hatto koʻplab mamlakatlarda mazkur sana milliy bayram hisoblanadi.

Xoʻsh, nega aynan 10-noyabr? Tarixiy manbalarga koʻra, aynan shu kuni, toʻgʻrirogʻi XV asrning soʻngida — 1494-yil 10-noyabrda Venetsiyada Luki Pachiolining “Barchasi arifmetika, geometriya va proporsiyalar haqida” nomli asari chop etiladi. Muallif shu orqali oʻsha paytdagi matematika qiymatlarini umumlashtirishga harakat qiladi.

Andijon viloyati Turizm va sport bosh boshqarmasi axborot xizmati

Kitobning bir bo'limida Venetsiyaning buxgalterlik ishi to'liq yoritib berilgan. Luka Pachioli buxgalteriya haqidagi 1-kitobining yaratuvchisidir. Pachioli kitobida jurnal-orderlardan foydalanish, buxgalter hisobotini ro'yxatga olishni ko'rsatib o'tgan.

Luki Pachiolini "buxgalterlar otasi” deb atashadi. Pachiolining buxgalteriya sohasidagi ko'rsatmalari to'rt yuz yillik davomida maxsus ma'ruzalarda, buxgalteriya ishlarini siljishida asos bo'lib xizmat qildi.

Fursatdan foydalanib, biz ham ushbu masʼuliyatli soha egalarini kasb bayramlari bilan tabriklaymiz.