May 9, 2021

9 May — Xotira va qadrlash kuni.

🔥9 May — Xotira va qadrlash kuni

Andijon voloyati Turizm va sport bosh boshqarmasi jamoasi butun O‘zbekiston xalqini, xususan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini va front orti mehnat faxriylarini 9 may - Xotira va qadrlash kuni bilan samimiy qutlaydi.

Xalqimizning tarix sahifalariga o‘chmas harflar bilan bitilgan bunday mardlik va matonati, olijanobligi, mehr-muruvvati va yuksak ma’naviyati barchamizning qalblarimizga doim cheksiz g‘urur-iftixor bag‘ishlab, farzandlarimizni vatanparvarlik va ajdodlar jasoratiga sadoqat ruhida tarbiyalashda ilhomlantirib kelmoqda.

Hurmatli Vatandoshlar, Siz azizlarni Xotira va Qadrlash kuni bilan qutlab, sizlarga mustahkam sog‘liq, uzoq umr, xonadoningizga qut-baraka, ishlaringizda omad yor bo‘lishini tilaymiz.

Mard va matonatli xalqimiz hamisha omon bo‘lsin!

Andijon viloyati turizm va sport bosh boshqarmasi matbuot xizmati.