Andijonda sportning ot sporti turi bo‘yicha "Viloyati hokimi kubogi" uchun sport musobaqasining respublika ochiq turniri bo‘lib o‘tdi.
Andijonda sportning ot sporti turi bo‘yicha "Viloyati hokimi kubogi" uchun sport musobaqasining respublika ochiq turniri Andijon tumanidagi "Horse king" mas'uliyati cheklangan jamiyatiga qarashli yilqichilik va ot sporti klubida mazkur sport turining to‘rtta yo‘nalishi bo‘yicha musobaqalar o‘tkazildi. Unda Toshkent, Farg‘ona viloyatlari, shuningdek, Ukrainadan sportchilar qatnashdilar.
Musobaqaning ochilish marosimida viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov, O‘zbekiston ot sporti va yilqichilik federasiyasi prezidenti Bahrom Gaziev hamda Milliy gvardiya qoshidagi ot sporti maktabi rahbari Nodir Ibragimov so‘z olib, ishtirokchilarga omad tiladi.
Mazkur musobaqa g'olib sovrindorlari viloyat hokimining kubogi qimmatbaho va esdalik sovg'alar bilan taqdirlandilar.
Andijon viloyati turizm va sport bosh boshqarmasi matbuot xizmati.