May 18, 2022

Andijon viloyati sportni rivojlantirish bosh boshqarmasi tasarrufidagi sport ta’lim muassasalarining ishchi xodimlari o‘rtasida sportning badminton turi bo‘yicha “Rahbar kubogi” sport musabaqasi o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-noyabrdagi
PQ-5282-son “Yurish, yugurish, mini-futbol, badminton, stritbol va “Workout” sport turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida berilgan topshiriqlarning ijrosini ta’minlash maqsadida quyidagi ishlar amalga oshirildi.

Jumladan, joriy yilning 18-may kuni Andijon shahridagi 32-umumta’lim maktabining sport zalida Andijon viloyati sportni rivojlantirish bosh boshqarmasi tasarrufidagi sport ta’lim muassasalarining ishchi xodimlari o‘rtasida sportning badminton turi bo‘yicha “Rahbar kubogi” sport musabaqasi o‘tkazildi.

O‘tkazilgan musobaqada bosh boqsharma tasarrufidagi 27 ta sport ta’lim muassasaalaridan 200 nafarga yaqin ishchi xodimlar ishtirok etishib quyidagi natijalarga erishdilar.

Erkaklar yakkalik baxsida:

1-o‘rin Andijon shahar 2-BO‘SM xodimi Ravshanbek Teshaboev

2-o‘rin Andijon viloyat sportning o‘yin turlari va yengil atletikaga IBO‘SM xodimi Sardorbek Ergashev

3-o‘rin Qorasuv shahar BO‘SM xodimi Jaloldin Jo‘raboev

Ayollar yakkalik baxsida:

1-o‘rin Andijon olimpiya zaxiralari kolleji xodimi Farida Xayretdinova

2-o‘rin Andijon viloyat suv sport turlariga IBO‘SM xodimi Gulnora Usarova

3-o‘rin Baliqchi tumani BO‘SM xodimi Muqaddam Turg‘unova

Erkaklar juftlik baxslarda:

1-o‘rin Andijon shahar 2-BO‘SM xodimlari Albert Shiriev-Umid Zokirov

2-o‘rin Andijon olimpiya zaxiralari kolleji xodimlari Farrux Avulov-Miraziz Jalolov

3-o‘rin Paxtaobod tumani 1-BO‘SM xodimlari Olimjon Otaboev-Xusanboy Olimov

Ayollar juftlik baxslarda:

1-o‘rin Andijon olimpiya zaxiralari kolleji xodimlari Odina Mirzaraximova-Shaxnoza Normuxamedova

2-o‘rin Jalaquduq tumani BO‘SM xodimlari O‘g‘iloy Axmadjonova-Muxlisa Usmonova

3-o‘rin Andijon viloyat sportning yakka kurash turlariga IBO‘SM xodimlari Gulnora Karimova-Madina Saloxiddinova

Aralash baxslarda:

1-o‘rin Izboskan tumani BO‘SM xodimlari Xayot Zulunov-Nasiba Urmonova

2-o‘rin Baliqchi tumani BO‘SM xodimlari Xudoberdi Xojimurodov-Muattar Shermonboeva

3-o‘rin Andijon shahar 2-BO‘SM xodimlari Saloxiddin Qo‘chqarov-Moxigul Islomova

Shuningdek, umumjamoa hisobida 1-o‘rinni Andijon olimpiya zaxiralari kolleji, 2-o‘rinni Andijon shahar 2-BO‘SM va 3-o‘rinni Izboskan tumani BO‘SM jamoalari qo‘lga kiritdilar.

Musobaqada g‘olib va sovrindor bo‘lgan jamoa va ishtirokchilar qimmatbaxo sovg‘alari, diplom, medal va kuboklari bilan taqdirlandilar.

Andijon viloyati sportni rivojlantirish bosh boshqarmasi matbuot xizmati