December 30, 2020
Yoshlar oʻrtasida ommaviy sport musobaqalarining viloyat bosqichi yakuniga etdi.
Joriy yilning 11 dekabr kuni viloyatimizda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va tuman, shahar mahallalarida istiqomad qiluvchi yoshlar o‘rtasida do‘stona aloqalarni o‘rnatish maqsadida sportning 9 ta turi (mini futbol, basketbol, voleybol, og'ir atletika, belbog'li kurash, yengil atletika, boks, shaxmat, stol tennis) bo‘yicha "Viloyat hokim kubogi" uchun musobaqaga start belrilgan edi. Bugungi kunda tuman, shahar va hududiy bosqichlarida jami 110 mingdan ziyod yoshlar ishtirok etdi. Musobaqalarning g‘olib va sovrindorlariga viloyatimiz hokimi tomonidan qimmatbaho estalik sovg‘alari topshirildi.
Andijon viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi matbuot xizmati.