Oʻzbekiston voleybol federasiyasi Andijon viloyat boʻlimining 2020-yil yakunlari boʻyicha hisobot yig'ilishi oʻtkazildi.
Ushbu yigʻilishda jami 100 nafardan ziyod viloyatda faoliyat olib borayotgan voleybol bo'yicha trener-oʻqituvchilari, tuman, shaxar bolalar-oʻsmirlar sport maktablarining 20 nafardan ziyod yoʻriqchi-uslubchilari hamda Oʻzbekiston voleybol federasiyasi Andijon viloyat boʻlimi tahbariyati ishtirok etdilar.
Kun tartibida Oʻzbekiston voleybol federasiyasi Andijon viloyat boʻlimining 2020 yilda erishgan yutuqlari va amalga oshirilgan ishlari yuzasidan Oʻzbekiston voleybol federasiyasi Andijon viloyat boʻlimining iijrochi direktori Oʻ.Umurzaqov hisobot berdi. Shu bilin birga yil yakuni boʻyicha bir qator trener-oʻqituvchilari Oʻzbekiston voleybol federasiyasi Andijon viloya boʻlimi raisi Oʻ.Toshpoʻlatov tomonidan munosib taqdirlandi.
Yigʻlish yakunida ushbu sport turini viloyatda rivojlantirish, aholi oʻrtasida yanada ommalashtirish va 2021 yilda amalga oshirish lozim boʻlgan ishlar yuzasidan chora-tadbirlar belgilandi.
Andijon viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi matbuot xizmati.