January 22, 2021

"Universiada-2021" yakuniga etdi

Andijon davlat tibbiyot instituti sport majmuasida oliy ta'lim muassasalari talabalari o'rtasida o'tkazilayotgan "Universiada-2021" sport musobaqasining belbog'li kurash bo'yicha respublika final bosqichi o'tkazilayotgan edi.

Qoraqalpog'iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlardan tashrif buyurgan 120 nafardan ortiq belbog'li kurashchi talaba-yoshlar, shundan erkaklar o'rtasida 7 ta– 55, 60, 66, 73, 81, 90 va +90 kg vazn toifalarida o'z kuchlarini sinovdan o'tkazishdi.

Qizg'in va murosasiz kurashlarga boy tarzda o'tgan final o'yinlari bugun o'z yakuniga etdi. To'plangan medallar soniga nisbatan umumjamoa hisobida 1-o'rinni Toshkent viloyati, Farg'ona viloyati 2-o'rinni va faxrli 3-o'rinni Namangan viloyati talaba yoshlari qo'lga kiritishdi.

O'z vazn toifasida erkaklar o'rtasida Umarov Sardor (55 kg, Toshkent viloyati), Modinov Diyorxo'ja (60 kg, Farg'ona viloyati), Hayitov Jahongir (66 kg, Namangan viloyati) Imyanov Mangubekdi (73 kg, Toshkent viloyati), Xotamov Asadbek (81 kg, Toshkent viloyati), Ro'ziyev Doniyorbek (90 kg, Toshkent viloyati), Rustamov Akbarshox (+90 kg, Toshkent viloyati) o'z vazn toifalarida tengsiz bo'ldilar.

Musobada gʻolib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan esdalik va qimmat baxo sovgʻalar bilan taqdirlandilar.

Andijon viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi matbuot xizmati