Mini futbol bo‘yicha viloyat chempionati boshlandi
Andijon shahar Xalqlar do'stligi o'yingohi hududida joylashgan futbol maydonida mahallalarda istiqomat qiluvchi 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasida "Andijon viloyati hokimi Kubogi" uchun sportning mini-futbol turi bo‘yicha viloyat bosqichi o'tkazilmoqda.
Musobaqada tuman va shahar bosqichlarida sportning mini futbol turi bo'yicha g'olib bo'lgan jamoalar, bosh boshqarmaning mutasaddi vakillari, mahalla fuqarolar yig'ini faollari va tegishli tashkilot xodimlari ishtirok etdi.
Undan ko'zlangan asosiy maqsad, yoshlar o'rtasida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish orqali jismoniy hamda intellektual jihatdan kamol toptirish, jismoniy qobiliyatini va harakat faolligini takomillashtirish, jismoniy va ruhiy barkamol bo'lib rivojlanishi, mehnatga layoqatini oshirilishi, shu bilan birga, zararli odatlar hamda turli kasalliklarga chalinishni oldini olish, sog'lom turmush tarzi ko'nikmalarini shakllantirish hamda musobaqani tashkil etish orqali o'sib kelayotgan yosh avlodni jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shug'ullanishga jalb qilish, turli sport musobaqalari, tadbirlari orqali o'z irodasi, kuchi va imkoniyatlariga bo'lgan ishonchni mustahkamlash, mardlik va vatanparvarlik, ona Vatanga sadoqat tuyg'ularini kamol toptirish, mahalla hududlarida qurilgan «Mini futbol» sport maydonchalaridan yoshlarni doimiy foydalanishlariga erishishdan iborat.
Andijon viloyati Turizm va sport bosh boshqarmasi axborot xizmati