Tashkilot va korxonalar o‘rtasida "HOKIM KUBOGI" ning final bosqichiga qura tashlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 3 oktyabrdagi "Sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora tadbirlari to‘g‘risida" gi PF-6099 sonli farmonining ijrosini ta'minlash maqsadida joriy yilning 11 dekabr kuni viloyatimizda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va viloyat tashkilot hodimlari o‘rtasida do‘stona aloqalarni o‘rnatish maqsadida sportning mini-futbol turi bo‘yicha "Viloyat hokim kubogi" uchun musobaqaga start belrilgan edi. Bugungi kunda 119 ta jamoalar ishtirok etgan musobaqada guruh bosqichlari yakunlanib musobaqaning final bosqichiga 6 ta jamoalari yo‘llanmani qo‘lga kiritdi va ular o‘rtasiga final bosqichi uchrashuvlariga qura tashlandi.
Andijon viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi matbuot xizmati.