8-mart "Xalqaro xotin-qizlar kuni" bayrami munosabati bilan musobaqalar oʻtkazildi
8-mart "Xalqaro xotin-qizlar kuni" bayrami munosabati bilan jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tasarrufidagi barcha sport ta'lim muassasalarida faoliyat olib ko‘rsatib kelayotgan ayollar o‘rtasida sportning yengil atletika (turgan joyidan uzunlikka sakrash, 100 m. ga yugurish), darts, stritbol, arqon tortish turlari boʻyicha spartakiada musobaqalari o'tkazildi. O‘tkazilgan sport musobaqalarda shahar-tumanlardan 200 nafardan ziyod xotin-qizlar ishtirok etdi
Musobaqa g‘olib va sovrindorlari jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tomonidan diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.
Andijon viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi matbuot xizmati.