December 28, 2020
"Yangi yilga sport bilan" shiori ostida aholi o‘rtasida sport festivaliga start berildi.
O‘zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligining 25 dekabrdagi 1644-sonli buyrug‘i asosida joriy yilning 28-30 dekabr kunlari Andijon shahridagi "Barkamol avlod" sport majmuasida "yangi yilga sport bilan" shiori ostida aholi o‘rtasida sportning mini futbol, stritbol, yugurish, badminton, stol tennis, tosh ko‘tarish, "Workout", darts, arqon tortish, shaxmat turlari bo‘yicha sport festivali start berilib, bugungi o‘tkazilgan tadbirda 600 nafardan ziyod ishtirokchilar qamrab olindi. Ushbu tadbirlarni o'tkazishda maqsad ommaviy sportga keng jalb etishga qaratildi.
Andijon viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi matbuot xizmati.