December 12, 2020

Andijon viloyatida faoliyat koʻrsatayotgan korxona, tashkilot, turli boshqarmalarning ishchi xodimlari “shaxsiy namuna” koʻrsatishmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktyabrdagi "Sogʻlom turmush tarzini keng tadbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PF-6099 farmoni ijrosi boʻyicha viloyat hokimi Sh.Q.Abduraxmonov tomonidan oʻtkazilgan hokimlik soatida bergan koʻrsatma va topshiriqlar ijrosini ta'minlash yuzasidan joriy yilning 12-dekabr kuni viloyatdagi korxona, tashkilot, turli boshqarmalarning ishchi xodimlari oʻrtasida sportning belbogʻli kurash, stol tennis, voleybol, shaxmat, yengil atletika hamda mini futbol turlari boʻyicha musobaqalar oʻtkazilib, ushbu musobaqalarda jami 2000 nafardan ziyod ishchi xodimlar ishtirok etdi.

Musobada gʻolib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan esdalik va qimmat baxo sovgʻalar bilan taqdirlandilar.

Andijon viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi matbuot xizmati.