November 7, 2020

Andijon shahrida "Yangi nafas" shiori ostida “Save Aral” marafoni o‘tkazildi.

Joriy yilning 7 noyabr kuni Andijon shahrida Yangi nafas dasturi doirasida "Save Aral" shiori ostida Mo'ynoqgacha yuguramiz marafonining Andijon viloyatidan start berildi.

Ushbu marafonda viloyatimizdagi oliy ta’lim muassasalari talabalari, sportchilar, Milliy gvardiya va ichki ishlar idoralari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, sportsevar yoshlar, faxriylar hamda aholining bar qatlarlaridan jami 2000 nafardan ziyod ishtirokchilar ushbu tadbirda ishtirok etib, 3 kilometr masofani bosib o'tdilar.

Shuningdek, marraga birinchi bo‘lib yetib kelgan g‘olib va sovrindorlar hamda marafonning boshqa faol ishtirokchilariga viloyat hokimligi va Respublika yengil atlletika federatsiyasi tomonidan qimmatbaho esdalik sovg‘alari topshirildi.

Andijon viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi matbuot xizmati.