May 19, 2021

Andijon viloyatida “Mo‘ynoqqa madad” ekologik hayriya velomarafoni doirasida matbuot anjumani o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 5-maydagi 221-F-son “O‘zbekiston Respublikasi Davlat Mustaqilligining 30 yilligiga bag‘ishlangan “Mo‘ynoqqa madad” ekologik hayriya velomarafonini yuqori saviyada o‘tkazish to‘g‘risida”gi farmoyishi qabul qilinib, Ekologik hayriya velomarafon joriy yilning 21-maydan Respublikaning barcha hududlarida, yakuniy bosqichini 5-iyun Mo‘ynoq tumanida o‘tkazilishi belgilandi.

“Mo‘ynoqqa madad” ekologik hayriya velomarafoniga 2021-yil 21-may kuni Andijon viloyati Xonobod shahridan start beriladi.

Shu munosabat bilan Andijon shahridagi savdo-sanoat palatasida mahalliy OAV vakillari, ijtimoiy tarmoq faollari hamda blogerlar ishtirokida matbuot anjumani boʻlib oʻtdi.

O‘zbekiston Oliy majlis qonunchilik palatasi deputatlari, viloyat turizm va sport bosh boshqarmasi va viloyat ekologiya va atrof muhitni himoya qilish mutasadilari "Moʻynoqqa madad" ekologiya velomarofoni oʻtkazishdan koʻzlangan maqsad hamda hududlardagi tayyorgarliklar yuzasidan yigʻilganlarga ma’lumotlar berib oʻtdi. Shuningdek, mehmonlarni kutib olish, tadbirlarda ishtirok etishi, dam olishlari jarayonlari bilan bogʻliq masalalarda atroflicha soʻz yuritdi.

OAV vakillari, ijtimoiy tarmoq faollari hamda blogerlar oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollarga javoblar oldilar.

Andijon viloyati turizm va sport bosh boshqarmasi matbuot xizmati.